59
Uning vazifasini kontaktsiz datchiklar bajaradi. Kontaktsiz-tranzis-
torli o‘t oldirish tizimlari bir-biridan asosan datchiklarning turi va
tuzilishi bilan farqlanadi.
Magnitoelektr datchik (35-rasm) uzgich-taqsimlagich valiga o‘rnatil-
gan doqimiy magnit 1 va o‘zakga o‘ralgan stator chulg‘ami 2 dan iborat.
Doimiy magnit aylanganda uning magnit maydoni ta’sirida
stator
chulg‘amida o‘zgaruvchan EYUK induksiyalanadi.
Datchik kuchlanishi
U musbat bo‘lganda va qiymati
UB
-E
ga yetganda
tranzistorni boshqarish toki hosil bo‘ladi va u quyidagi zanjir bo‘yicha
o‘tadi: O‘OG‘ ning birlamchi chulg‘ami
o tranzistorning baza-emitter
o‘tish joyi
odatchik chulg‘ami. Tranzistor VT ochiladi
va akkumulator
batareyasidan o‘t oldirish g‘altagining (O‘OG‘) birlamchi chulg‘ami
hamda tranzistorning kollektor-emitter o‘tish joyi orqali birlamchi tok
I
1
o‘ta boshlaydi. Datchik kuchlanishi manfiy bo‘lganda tranzistor yopiladi,
o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidan o‘tayotgan tok zanjiri
uziladi va ikkilamchi chulg‘amda yuqori kuchlanish induksiyalanadi.
Shunday qilib, datchik magniti bir aylanganda chulg‘am 2 da EYUK
ning bitta musbat va bitta manfiy impulsi mavjud bo‘ladi va
natijada
tranzistor bir marta ochilib, bir marta yopiladi, ya’ni o‘t oldirish
g‘altagida yuqori kuchlanishning bir impulsi hosil bo‘ladi. Ko‘p silindrli
dvigatellar uchun datchikning juft magnit qutblar soni, silindrlar soniga
teng bo‘lishi kerak. 36-rasmda silindrli dvigatellar uchun mo‘ljallangan
magnitoelektr datchikning sxemasi keltirilgan.
Magnitoelektr datchik
ishlashining o‘ziga xos tomonlaridan biri, stator chulg‘amida hosil
bo‘ladigan EYUK amplitudasi doqimiy magnitni, ya’ni tirsakli valning
ayla-nishlar chastotasiga bog‘liqligidir. Aylanishlar chastotasi ortishi
bilan EYUK amplitudasi ham ortadi (35-rasm, b). Bu esa tranzistor
ochilishi va yopilishi (
D
1
va
D
2
burchaklar) va demak o‘t oldirish
daqiqasi o‘zgarishiga olib keladi.
Aylanish chastotasi va yuklamaning o‘t oldirishni ilgarilatish
burchagiga ta’siri kontaktsiz-tranzistorli o‘t
oldirish tizimlarida ham
markazdan qochma va vakuum rostlagichlar yordamida hisobga olinadi.
Magnitoelektr datchiklar avj oldiradigan EYUK qiymati juda
kichik va u tranzistorni ochish uchun yetarli bo‘lmaganligi tufayli
kontaktsiz o‘t oldirish sistemalarining amaliy sxemalarida maxsus, bir
necha bosqichli ko‘chaytirgichlar qo‘llaniladi.
Kontaktsiz o‘t oldirish sistemalarida magnitoelektr datchiklardan
tashqari yuqori chastotali generator, foto-elektr, yarimo‘tkazgichli va
boshqa turdagi datchiklar qo‘llanishi mumkin.
60
Yuqori chastotali generator-datchiklarda (37-rasm) boshqaruvchi
signal yuqori chastotali kuchlanishni o‘zgartirish yo‘li bilan hosil
qilinadi. Generator 1 ishlab chiqqan kuchlanish transformatorning
birlamchi chulg‘ami 2 ga uzatiladi. Transformatorning ikkilamchi
chulg‘ami 3 da hosil bo‘ladigan kuchlanish
birlamchi va ikkilamchi
chulg‘am o‘zaklari orasidagi havo tirqi shining magnit qarshiligiga
bog‘liq. Bu magnit qarshilik dvigatel silindrlar soniga teng teshiklarga
ega bo‘lgan po‘lat rotor yordamida davriy ravishda o‘zgartirilib turadi.
36-rasm.
Magnitoelektr datchik sxemasi. 1 - magnit, 2 - stator, 3 - chulg‘am
Transformator o‘zaklari orasiga rotor teshiklari to‘g‘ri
kelganda,
havo tirqishining magnit qarshiligi eng katta va aksincha o‘zaklar orasi
rotor tanasi bilan berkitilganda eng kichik qiymatga ega bo‘ladi.
Transformatorning ikkilamchi chulg‘amida hosil bo‘ladigan kuchlanish
ham shunga mos ravishda o‘zgaradi.
Fotoelektr datchik (38-rasm) eng umumiy ko‘rinishda yorug‘lik
manbai, darchalari silindrlar soniga teng bo‘lgan aylanuvchi lappak va
yorug‘lik sezuvchi elementdan iborat bo‘ladi. Uzgich taqsimlagich
valiga mahkamlangan lappak aylanganda yorug‘lik manbai 1 dan
chiqqan nur lappak darchasidan o‘tib, yorug‘lik sezuvchi element 2 ga
tushganda, unda o‘zgaruvchan kuchlanish hosil bo‘ladi.
37-rasm. Yuqori chastotali
Dostları ilə paylaş: