63
O‘t oldirish tizimi quyidagicha ishlaydi (10-rasm). Dvigatel ishga
tushib, magnitli-elektr datchik rotori aylana boshlaganda qabul qilish
g‘altagida o‘zgaruvchan tok induksiyalanadi, uning «+» qismi ta’sirida
tranzistor VT da baza toki vujudga keladi va u ochilib, o‘t oldirish
g‘altagining birlamchi chulg‘amidan tok o‘ta boshlaydi. Keyingi
daqiqada qabul g‘altagida induksiyalangan o‘zgaruvchi tokning «-»
qismi ta’sirida tranzistor VT yopiladi va birlamchi tok zanjirini uzadi.
Natijada, o‘t oldirish g‘altagida hosil bo‘lgan magnit maydon katta tezlik
bilan yo‘qola boshlaydi va o‘t oldirish g‘altagining ikkilamchi
chulg‘amida yuqori kuchlanish induksiyalanadi.
42-rasm. Tiko, Damas rusumidagi avtomobillari o‘t oldirish
tizimining ishlashi.
Tiko, Damas avtomobillarida o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi
dvigatelni aylanishlar chastotasi va yuklamaga ko‘ra avtomatik tarzda
rostlash markazdan qochma hamda vakuum rostlagichlar yordamida
amalga oshiriladi. Bu mexanizmlarni tuzilishi va ishlash tartiboti
yuqoridagi bo‘limlarda batafsil yoritilgan.
Dostları ilə paylaş: