64
vtulkalari, tirsakli val bo‘yinlari vkladishlarining yeyilishi va porshen
halqalarining qurum bosib qolishi kiradi. Asosiy buzulishlar va ishdan
chiqishlarga esa
porshen halqalarining sinishi, silindr yuzasining
yeyilishi, porshenning
tiqilib qolishi, podshipniklarning erishi, silindr
bloki va uning kallagida darzlar hosil bo‘lishi misol bo‘la oladi.
KSHM nosozligining alomatlariga silindrdagi kompressiyaning
yo‘qolishi va shovqin bilan ishlashi, gazlarning ko‘p miqdorda karterga
o‘tib ketishi va moy quyish bo‘g‘izidan quyuq tutun chiqishi misol bo‘la
oladi.
GTM ning asosiy nosozliklariga turtkich va uning vtulkalari, klapan
tarelkalari va o‘rindiqlari, shesternyalari, gaz taqsimlash valining tayanch
bo‘yinlari
va mushtchalarining yeyilishi, klapan va koromisla orasidagi
tirqishning buzilishi kiradi. Ishdan chiqishlarga esa klapan prujinalari
elastikligini yo‘qotishi
va sinishi, gaz taqsimlash shesternyasining
sinishi, klapanlarning kuyishi va boshqalar kiradi. Gaz taqsimlash
mexanizmining shovqin bilan ishlashi nosozlik alomatlaridan biri
hisoblanadi.
Moyning kamayishini tekshirish uchun avtomobilni ekspluatatsiya
qilish davrida moy sathi me’yorigacha to‘ldiriladi.
Moyning kamayishi
porshen halqalar yeyilishi va klapanlar zichligi buzilishidan darak beradi.
Moy sathining me’yoridan kamayishi yoki ko‘payishi dvigateldan
chiqadigan gazlarning rangi o‘zgarishiga ham olib keladi. Bu usulning
kamchiligi shundan iboratki, u avtomobil ekspulatatsiyasi bilan bog‘liq
bo‘lib, faqat halqalarning yeyilishi bilangina emas,
balki klapan
vtulkalarining yeyilishi va jipslik buzilishi oqibatida ham sodir bo‘lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: