57
kontakt-tranzistorli o‘t oldirish sistemalarida o‘t oldirish g‘altagi
transformator sxemasi bo‘yicha, ya’ni chulg‘amlari bir-biridan to‘la
ajralgan holda o‘raladi. Kontaktli o‘t oldirish sistemasiga tranzistor
ulanishi, kontaktlarning ishlash sharoitini
yengillashtiradi, chunki bu
holda kontaktlardan qiymati katta bo‘lmagan (
a1,0 A gacha) tranzistorni
boshqarish toki
Ib o‘tib, birlamchi zanjir toki esa tranzistorning emitter-
kollektor o‘tish joyidan o‘tadi.
34-rasm. Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimining umumiy sxemasi.
Birlamchi tok zanjiriga akkumulator batareyasi AB, o‘t oldirish
kaliti O‘OK va qo‘shimcha qarshilik Rq ulangan. O‘t oldirish kaliti
ulanib va uzgich kontaktlari tutashganda,
tranzistor VT ning bazasi
emitterga nisbatan manfiy potensialga ega bo‘ladi. Bu holda,
tranzistorning emitter-kollektor o‘tish joyining qarshiligi eng kichik
qiymatga ega bo‘ladi (
a 0,15 Om). Uzgich kontaktlari uzilganda,
tranzistor baza tokining zanjiri ham uziladi, natijada, baza va emitter
potensiallar ayirmasi nolga teng bo‘lib qoladi, emitter-kollektor o‘tish
joyining qarshiligi keskin ortadi va tranzistor yopiladi. Tranzistorning
yopilishi o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidan o‘tayotgan tok
I
1
zanjirining uzilishiga olib keladi va bu, ikkilamchi chulg‘amda yuqori
kuchlanish induksiyalanishini ta’minlaydi.
Birlamchi zanjir toki
I
1
uzgich kontaktlaridan emas, balki
tranzistorning emitter-kollektor o‘tish joyi orqali o‘tganligi va yetarli
darajada katta quvvatli tranzistorlar qo‘llanilishi uzilish toki
Iu qiymatini
7-8A gacha oshirish imkonini berdi. Bu esa, o‘z
navbatida, ikkilamchi
kuchlanish
U
2max
ni 25000-30000V gacha ko‘tarilishiga olib keldi.
Shunday qilib, kontakt-tranzistorli o‘t oldirish sistemasida ikkilamchi
58
kuchlanish qiymati uzgich kontaktlari chidamliligi bilan cheklanmasdan,
balki tranzistorning tavsifnomasi bilan belgilanadi.
Kontaktli o‘t oldirish sistemasi tarkibiga tranzistor kiritilishi, bu
sistemaga xos bo‘lgan barcha kamchiliklarni bartaraf qilish imkoniyatini
bermaydi. Xususan, ko‘p silindrli dvigatellarda
aylanishlar chastota-
sining katta qiymatlarida uzgich pishangchasining dirrilash hodisasi ruy
berib, bu bir sikl (ya’ni bir uchqun hosil bo‘lish uchun ajratilgan vaqt)
davomida kontaktlarni ko‘p marta uzilib tutashishiga olib keladi.
Natijada, bir uchqun o‘rniga quvvati ancha kam bo‘lgan bir necha
uchqun hosil bo‘ladi, o‘t oldirishni ilgarilatish burchagining belgilangan
qiymati o‘zgarib ketadi, o‘t oldirish ishonchli amalga oshirilmaydi.
Bundan tashqari uzgich kontaktlarining yeyilishi, oksidlanishi va
ifloslanishi o‘t oldirish sistemasining ishonchlilik darajasini pasaytiradi.
Kontaktlar oksidlanishi, ifloslanishi va moylanib qolishi, ularning
kontakt qarshiligi oshib ketishiga va tranzistorni boshqarish toki
Ib
qiymatini kamayib ketishiga olib keladi. Bu tranzistorni ochilmaslik va
o‘t oldirish sistemasini ishlamaslik hol-larini vujudga keltiradi. Ishlatish
davrida qo‘shimcha mehnat va vaqt sarf qilib, muntazam ravishda,
uzgich kontaktlarining tutashib turish burchagini rostlab turish ehtiyoji
ham kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimining kamchiliklariga kiradi.
35-rasm. Magnitoelektr datchikli kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimi.
a) umumiy sxemasi; b) datchik kuchlanishi U ni, turli aylanishlar sonida doimiy
magnitning buralish burchagi
D
ga bog‘liqligi; n
1
va n
2
tirsakli valning minimal va
maksimal aylanishlar chastotasi; Ub
-e
tranzistor to‘la ochilishi uchun zarur
bo‘lgan datchik kuchlanishi.
Dostları ilə paylaş: