48
suyultirilgan gazlar maxsus ballonlarda
saqlanadi, shuning uchun ham
transport vositalarini gaz ballonli deyiladi.
Odatda, gaz bilan ishlaydigan dvigatellarning suyuq yonilg‘ida
ishlaydigan seriyada (ommaviy ravishda) chiqarilayotgan dvigatellar
bazasida (asosida) yaratiladi. Seriyada (ommaviy ravishda)
chiqarilayotgan dvigatelni gazsimon yonilg‘i bilan ishlashga o‘tkazishda,
uning asosiy qism va uzellari o‘zgarmagan holda qoladi.
Gaz bilan
ishlaydigan modifikatsiyasini asosiy farqi yonilg‘i uzatish tizimi,
yonuvchi aralashmaning alangalanishi va tartibga solishlikdadir
(to‘g‘rilash).
Injektorli dvigatellarni gazsimon yonilg‘iga o‘tkazish ikki usulda
amalga oshiriladi. Birinchi usulda standart injektor dvigatelini gazballon
qurilmalar
bilan jihozlab, uning gaz modifikatsiyasini yaratish. Bu holda
dvigatelni ham benzinda, ham gazda ishlash imkoniyati saqlanib qoladi.
Shu bilan birga benzinda dvigatel to‘la quvvatga erishsa, gazda esa
quvvat biroz pasayadi. Ikkinchi usulda injektor dvigateldan gazsimon
yonilg‘ida to‘la quvvatga erishuvchi maxsus gaz dvigateli yaratiladi.
Bunday dvigatellar siqish darajasini yuqorilatganligi va gaz
aralashtirgich o‘rnatilishi tufayli samaradorlik ko‘rsatkichlari
ancha
yaxshilanadi.
Dizel dvigatellarini gazsimon yonilg‘iga o‘tkazish ham ikki usulda
amalga oshiriladi. Birinchi usul dizelni uchun bilan alangalanadigan gaz
dvigateliga qayta jihozlash (aylantirish). Buning uchun silindrlardagi
siqish darajasi 8-9
gacha kamaytirilib, o‘t oldirish tizimi va gazballon
qurilmalari o‘rnatiladi.
Ikkinchi usul (gaz dizeli) dvigatelni ayni bir vaqtda dizel yonilg‘isi
va gaz bilan ishlashini ko‘zda tutadi. Gazsimon yonilg‘i uzatish uchun
dvigatel gaz ballon qurilmasi bilan jihozlanadi.
Gaz aralashtirgich orqali kiritish quvuriga uzatiladi va havo bilan
aralashgan holda silindrlarga so‘riladi. Siqish taktini oxirida silindrlarga
o‘t oldirish uchuni rolini bajaruvchi dizel yonilg‘isi purkaladi.
Uning miqdori odatdagi dizel jarayonida sarflanadigan miqdorni
20-50foizgachani tashkil qiladi. Bu usulda dvigatel konstruksiyasiga tub
o‘zgartirish kiritilishi talab qilinmaydi. Avtomobil dvigatellari
uchun
gazodizel usuli keng taralgan. Ikkala usul ham aksariyat statsionar
dvigatellari uchun qo‘llaniladi.
Gaz bilan ishlaydigan dvigatelning ish sikli benzinli dvinatelning
ish sikli benzinli dvigatelning ish siklidan deyarli far ilmaydi.
49
Dvigatelini gazsimon yonilg‘ida
ishlashi uchun avtomobilga
o‘rnatiladigan asbob-anjomlar (jihozlar) komplektini gaz ballon(li)
qurilmalar deyiladi.
Gaz ballonli qurilmalar asosan ikki xil turga ajratiladi: siqilgan va
suyultirilgan gazlar uchun.
Gaz ballon(li) qurilmani o‘ziga xosligi shundan iboratki,
gaz har
qanday holatda ballonlarda katta bosim ostida oqib chiqadi. Shuning
uchun tizimga gaz bosimini kamaytirish imkoniyatini yaratuvchi
reduktor kiritiladi.
30-rasm. Gaz ballon(li) qurilmaning prinsipial (asosiy) sxemasi.
1-ballonlar; 2-(biriktiruvchi)ulovchi armatura (asbob); 3-po‘lat naychalar; 4-sarflash
ventili (jo‘mragi); 5-to‘ldirish ventili (jo‘mragi); 6-isitgich; 7-ishlatilgan gazlarni
chiqarish tizimining trubasi (quvuri); 8-dozalovchi shayba; 9-magistral ventil (jo‘mrak);
Dostları ilə paylaş: