Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/43
tarix27.09.2023
ölçüsü169,22 Kb.
#149465
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
3.
Bid’at-xurofot qiluvchi odamni. 
252.
Uch toifa kishilar borki, ularning qilgan duolarini Tangri ijobat qilmaydi: 
1.
Xarobaga aylangan uy ichiga tahorat ushatganlarni. 
2.
Yo’l o’rtasiga tahorat ushatganlarni. 
3.
Ot-ulovlarini bo’sh qo’yib yuborib, so’ng Tangridan uni saqlashni so’raganlarni. 
253.
Uch toifa kishilar bordirki, Tangri qiyomat kuni ular bilan so’zlashmaydi va ularga rahmat 
nazari bilan boqmaydi, ularning gunohlarini ham kechmaydi, balki ularga qattiq azoblar beradi: 
1.
Sahroda ortiqcha suvini boshqa yo’lovchilardan ayagan odam. 
2.
Asrdan keyingi ulug’ bir soatda o’z molini bunchaga sotib olganman deb, Tangri nomi bilan 
yolg’on qasam ichib sotuvchi odam. 
3.
O’z podshohi bilan dunyo umidida ahdlashgan, agar undan foyda ko’rib tursa, ahdiga vafo 
qilib, foyda ko’rmasa xiyonatga o’tadigan odam. 
254.
Uch toifa kishilar borki, Tangri qiyomat kuni ular bilan so’zlashmaydi va rahmat nazari bilan 
ham boqmaydi va gunohlarini ham kechmaydi, balki ularni qattiq azoblaydi: 
1.
Keksa bo’la turib, zino ishlaridan qaytmagan odam. 
2.
Yolg’onchi podshoh. 
3.
Maqtanchoq kambag’al. 
255.
Uch xil kishi bordirki, Tangri qiyomat kuni ularga rahmat nazari bilan boqmaydi: 
1.
Ota-onasini norozi qilib, ularga oq bo’lgan kishi. 
2.
O’zini (kiyim va pardozda) erkaklarga o’xshatib olgan ayol. 
3.
O’z xotiniga rashk qilmaydigan er. 
256.
Uch toifa kishilar borki, ular jannatga kirmagaylar: 
1.
Ota-onasiga oq bo’lgan farzand. 
2.
Ichkilikka mukkasidan ketgan kishi. 
3.
Bergan xayru ehsonini yoki yaxshiligini minnat qiluvchi odam. 
257.
Sakkiz toifa kishilar qiyomat kuni Tangrining maxluqlari ichida eng yomoni hisoblanurlar: 
1.
Yolg’onchilar. 
2.
Mutakabbirlar. 
3.
Qalblarida mo’min birodarlariga nisbatan adovat saqlagan holda, ularni ko’rganlarida 
mulozamat qiluvchilar. 
4.
Tangri bilan Rasulining da’vatini sekin, shaytonning buyrug’ini esa tez bajaruvchilar. 
5.
Nohaq bo’lsa-da, qasam bilan dunyodan tama qiladigan kishilar. 
6.
Chaqimchilar. 
7.
Do’stlarni bir-biridan ayirishga harakat qilib yuruvchilar. 
8.
Gunohsiz pok odamlarga nohaq bo’hton qiluvchilar, mazkurlarning hammasiga Tangrining 
g’azabi yog’ilur. 
258.
Molu dunyoingdan uchdan birini sadaqa qilishing mumkin, lekin shu ham ko’p. 
Merosxo’rlaringni odamlarga muhtoj qilib kambag’al holda qoldirib o’tganingdan ko’ra, boy holda 
qoldirib ketganing yaxshidir. Shuni bilib qo’yki, Tangrining rizoligi yo’lida har bir qilgan nafaqang 
uchun, hatto xotining og’ziga solib qo’ygan luqma uchun ham ajr olursan. 
259.
Katta yoshdagilar bilan suhbatda bo’linglar, ulamolardan masalalar so’ranglar va hukamolar 
bilan aralashib turinglar. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin