Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
51
ham, isrofgarchilik ham qilmang, o‘rtacha yo‘l tuting”.
Alloh marhamat qilmoqda:
“...shuningdek yenglar va ichinglar, (lekin) isrof qilmangizlar...” (A’rof surasi,
31-oyat).
“(Baxillik qilib) qo‘lingizni bo‘yningizga bog‘lab ham olmang. (Isrofgarchilik
qilish bilan) uni butunlay yoyib ham yubormang! Aks holda malomat va
mahrumlikda qolursiz” (Al-Isro surasi, 29-oyat).
Rasululloh (s.a.v.) ham marhamat qiladilar: “Eng yaxshingiz oilasiga yaxshi
bo‘lganingizdir”.
Nafaqaga oilaning hissasi
Nafaqani har qancha ta’min etmoq
erkakning vazifasi esa-da, imkoniyati keng bo‘lgan
ayol eriga yordam berishi ham mumkin. Abdulloh ibn Mas’udning xotini Zaynab
eslaydilar: “Bir kuni Rasululloh (s.a.v.) xutbalarida: “Xotinlar, ziynat-
taqinchoqlaringizdan bo‘lsa ham, sadaqa bering”, dedilar.
Men uyga keldim, erim
Abdullohga “Siz qo‘li qisqa odamsiz. Rasululloh (s.a.v.) bizga sadaqa qilishimizni amr
etdilar. Borib Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) so‘rang; agar mumkin bo‘lsa sizga sadaqa
qilsam, yo‘qsa, boshqasiga bersam”, dedim. U kishi “Yo‘q o‘zing bor”, dedilar. Bordim.
Ko‘rdimki, Rasulullohning (s.a.v.) eshiklarida ba’zi ayollar bor. Ular ham shuni so‘rashga
kelibdilar.
Bu orada Rasulullohga (s.a.v.)
vahiy kelibdi, yonimizga Bilol Habashiy keldilar. Unga
“Rasulullohdan so‘rang; eshikda ikki xotin turibdi, erlariga va uylaridagi yetimlarga
sadaqa
berish joizmi, yo‘qmi ekanini so‘rashmoqda, deng. Kimligimizni aytmang”, dedik.
Bilol ichkariga kirdilar. Rasululloh (s.a.v.) undan bizning kimligimizni so‘radilar. U kishi:
“Ansorlardan bir ayol bilan Zaynab”, dedilar. Rasululloh (s.a.v.) “Qaysi Zaynab”,-deb
so‘radilar. Bilol: “Abdulloh ibn Mas’udning xotini Zaynab”, deb javob berdilar. Rasululloh
(s.a.v.): “Bor, ularga ayt, shunday qilsalar ikki savobga erishurlar, ham aqrabolik (silai
rahm) savobi, hamda sadaqa savobi”, dedilar”.
Dostları ilə paylaş: