Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Yotoqni tark etmaslik haqida



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/82
tarix01.05.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#105667
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Yotoqni tark etmaslik haqida: jimo’ (jinsiy munosabat)ning er-xotin hayotida muhim 
o‘rni bor. Bu borada erkak faolroqdir. Bu jihatdan xotini uning bu talabini qo‘ldan 
kelguncha bajarishga g‘ayrat qilishi kerak. Bu xususda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday 
marhamat qiladilar: 
“Bir kishi ehtiyoji uchun xotinini chaqirsa, tandir-o‘choq boshida bo‘lsa ham kelsin”. Yana 
shu ma’noda: “Agar ayol erining to‘shagini tark etib, o‘zi yolg‘iz uxlasa, maloikalar uni to 
erining qo‘yniga qaytgunga qadar la’natlaydilar”. 
Hazrati Oysha onamizdan (r.a.) shunday rivoyat keladi: “Ba’zan erimiz bizni hohlaydilar. 
Biz xafaligimizdan yoki xohlamaganimizdan rad etamiz, buning zarari bormi?”, deb 
so‘radik. Oysha (r.a.) onamiz: “ha, bor, eringning senda shunday haqlari borki, seni 
tuyaning ustida xohlasa, mone’lik qilmaysan”, deb javob berdilar. Ammam yana 
so‘radilar: “Ba’zan oy ko‘rganimizda, alohida yotoq bo‘lmasa, nima qilamiz?” Hazrati 
Oysha (r.a.) shunday dedilar: “Izor (yubkaga o‘xshash etak)ini yaxshilab bog‘lasin, 
so‘ngra erining yoniga kirsin. Izorining usti eriga haloldir. Yana senga shuni qo‘shimcha 
qilay: Mening kecham (navbatim) edi. Tegirmonda arpa un tortib, bir necha dona non 
yopdim. Rasululloh (s.a.v.) ichkariga kirdilar. Eshikni itardilar. Masjidga kirdilar. 
Rasululloh uxlamoqni istasalar eshikni qulflar, mesh og‘zini bog‘lar, suvidish ustini yopar 
va chiroqni o‘chirardilar. O‘zlarini kutdim, qaytib kelsalar non bilan siylamoqchi edim. 
Kirmadilar. Nihoyat meni uyqu bosdi. Non ham sovidi. So‘ngra Rasululloh kirib, meni 
turg‘azdilar: “Meni isit, meni isit”, dedilar. Men hayzli ekanimni aytdim. “Zarari yo‘q”, 
dedilar... So‘ngra qo‘shnimizning boqma qo‘yi kirib, yopgan nonlarni tishlab qochdi. 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
Shunga ovora bo‘ldim, Rasululloh uyg‘ondilar. Qo‘yni eshikkacha quvdim. Rasululloh 
(s.a.v.): “Ulgurganingni ol, qo‘y uchun qo‘shningga aziyat berma!”, dedilar”.

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin