Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
55
Hazrati Oysha onamiz (r.a.) aytadilar: “Ansordan bir xotin qizini turmushga uzatgandi.
Qizining sochlari to‘kildi. Ayol Payg‘ambarimizga keldi, kuyovi (qizining eri) sun’iy,
ulama
soch (parik) taqishini istayotganini so‘zladi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Sun’iy, ulama
soch taqqanlar mal’undir”, dedilar.
Ulama soch haqida shunday ekan, boshni ochib
yurish kabi diniy amrlarga zid, teskari
munosabatlar va istak-talablaru so‘rovlarga aslo ijobiy javob berilmaydi.
Yana Buxoriy bilan Muslimning ibn Mas’ud (r.a.)dan rivoyatida shunday deyilgan:
“Go‘zallik uchun badaniga o‘yib chizdirgan va chizganga, jimbizga o‘xshash
narsalar
bilan qosh va yuz tuklarini yuldirgan va yulganga, tishlarini
kengaytirib Alloh yaratgan
go‘zallikni o‘zgartirgan ayollarni Alloh rahmatidan uzoq qilsin!”.
Faqihlar: “Ayollarda soqol va mo‘ylov paydo bo‘lsa, olmoq joizligini asoslaganlar. Ibni
Obidin soqol va mo‘ylov ayolga fitrat emasligini, shu sababli (agar chiqsa)
olish
mustahabligini bayon etgan”.
Buxoriy va Muslim rivoyatlariga ko‘ra, ansorlardan bir ayol qizini turmushga uzatadi. Bu
orada qizining sochlari to‘kildi. Rasuli Akramga onasi murojaat etdi:
– Yo Rasululloh, qizimning sochi to‘kildi, eri ya’ni, kuyovim
qizimning boshiga boshqa
soch taqmog‘ini aytyapti, nima deysiz?
Rasuli Akram:
– Yo‘q, zero bunday sochlariga soch qo‘shganlar, la’natlangandir, deb – javob berdilar.
Dostları ilə paylaş: