Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
57
Bu ikki hadis uy ishlari ayolga, tashqi xizmatlar erkakka taalluqli ekanini ko‘rsatmoqda.
Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) mana bu hadislarida xotinning eridagi yana bir haqqiga
ishorat qilmoqdalar: “Xotinlaringizda shu haqqingiz bor:
istamagan kishilaringizni
uyingizga qo‘ymaslik”.
Mana bu hadis ham ibratlidir:
“... o‘ziga dunyoligini ta’min etgan erining orqasidan ochilib-sochilgan xotinning yuziga
Qiyomat kunida Alloh boqmaydi...”.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yana shunday marhamat qiladilar: “Barchangiz cho‘pon
(rahbar)siz va hammangiz qo‘l ostingizdagilarga javobgarsiz; amir halqiga javobgar.
Erkak oilasiga rahbar, oilasiga va qo‘l ostidagilarga javobgar.
Ayol eri haqlarining
cho‘poni, uyiga va bolalariga mas’ul. Xizmatchi xojasi haqlarining cho‘poni va moliga
javobgar. Shu sababdan barchangiz (boshliq)siz va hammangiz qo‘lingizdagilarga javob
berasiz. Shunday ekan, masalalarga javob hozirlangiz. Ashob “Javoblari
nima yo
Rasululloh”, deyishdi. “Yaxshi amal (ish)lardir”, deb javob berdilar”.
Ayol erining molidan eri rozi bo‘ladigan miqdorda sadaqa bergan taqdirda savob
qozonadi. Bu xususda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: “Bir ayol uy
intizomini buzmaydigan shaklda erining molidan sadaqa bersa o‘zi ham, eri ham
savobga sazovor bo‘lur”.
Dostları ilə paylaş: