Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Eridan ruxsatsiz nafl ibodat qilmasligi



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/82
tarix01.05.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#105667
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Eridan ruxsatsiz nafl ibodat qilmasligi: 
Farz ibodatlarga hech kim mone’ bo‘lolmas. Nafl ibodatlarida esa qulaylik bor. Safvon 
ibn Muattalning xotini Rasulullohga (s.a.v.) kelib, “Erim namoz o‘qiyotganimda uradi, 
ro‘zamni buzadi va o‘zi bomdodni quyosh chiqmasdan avval o‘qiydi”, deb shikoyat qildi. 
Eri ham yonida edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) undan so‘radilar. U: “namoz o‘qiyotganimda 
uradi” deyishiga sabab, u namozda ustma-ust ikki sura o‘qiydi, men unga buni mone’ 
qilgandim”, dedi. Rasululloh (s.a.v.): “Bir sura bo‘lsa ham barcha odamlarga yetadi”, 
dedilar. Safvon shunday davom etdi, “ro‘zasini buzishimga kelsak, uzundan-uzoq (bir 
necha kun) ro‘za tutadi, men esa yoshman, sabr etolmayapman”, dedi. Rasululloh 
(s.a.v): “Bir ayol erining ruxsatisiz nafl ro‘za tutolmaydi”, dedilar. 
Shu mavzuga aloqador yana ikkita hadis bor: 
“Eri yonida bo‘lgan ayol uning ruxsatisiz (nafl) ro‘za tutmasin”. 
“Bir ayol eri izn bermaguncha ro‘za tutolmaydi. Agar tutsa, ochligi va suvsizligi yoniga 
qoladi, ro‘zasi qabul bo‘lmaydi”. 
Ibni Umar (r.a.) haj to‘g‘risida Rasulullohdan (s.a.v.) shu hadisni rivoyat etadi: “Eri 
bo‘lgan boy xotinga eri ruhsat bermasa, nafl hajiga ketolmaydi”.
Xotinni tarbiyalash 
Har bir oilaga rahbar kerak. Erning shariat doirasidagi barcha istaklariga xotini itoat 
etish majburiyatidadir. Agar itoat etmasa, eri tarbiyalash huquqiga ega. Zero, Alloh 
shunday marhamat qiladi: 
“...Xotinlarning itoatsizligidan qo‘rqsangiz, avvalo ularga nasihat qilingiz, so‘ng 
(bu ta’sir qilmasa) ularni yotoqlarda tark etingiz, so‘ngra (bu ham kor 
qilmasa), ularni (majruh bo‘lmagudek darajada) uringiz. Ammo sizlarga itoat 
qilsalar, ularga qarshi (boshqacha) yo‘l axtarmangizlar. Albatta, Alloh juda oliy 
va ulug‘ zotdir” (Niso surasi, 34-oyat) 

Oyatdagi “nushuz” kalimasi ayol eriga itoat etmasligi, unga qarshi kekkayish ma’nosida 
keladi. Oyatda “... Xotinlaringizning itoatsizligidan qo‘rqsangiz...” deyilmoqda. 
Quyidagilarga ishorat qilinmoqda; avvallari erining da’vatlariga rozilik bildirib, istaklarini 
darhol bajargan, eri ichkariga kirishi bilan darhol o‘rnidan turgan ayol endi tamoman 
shularning teskarisini qila boshlaydi. Bu holda eri quyidagilarni tartib bilan amalga 
oshiradi: 
a) avvalo yaxshi gapirib, nasihat qiladi. Eri unga Allohdan qo‘rqish kerakligini, xotinida 
ancha haqlari borligini, ya’ni, uning oldida bir talay huquqlarga ega ekanligini eslatadi. 
Aks holda nafaqasini to‘xtatishini aytadi; 
b) yotog‘ini tark etadi. Birinchi tadbir bilan ayolning aqli kirmasa, eri uni yolg‘iz yotishga 
mahkum etadi; 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
v) urmoq. Bu choraga yuqorida qilingan amallar ish bermasagina murojaat qilinadi. 
Shu yerda eslatib o‘tishimiz kerakki, ayol isloh etmoq (tuzatmoq) uchun uriladi, 
o‘ldirmoq yoki mayib-majruh qilmoq uchun emas. Shu sababli Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
marhamat qiladilar: “Agar sizga itoatsizlik etadigan bo‘lsalar, ularni yengilroq uring”. 
Yengilroq urish qanday? Mufassirlar buni shunday tushuntirganlar: Ro‘molcha va qo‘l 
bilan uriladi, qamchi va tayoq bilan emas. Buni ham oshirib yubormaslik, bir joyga 
emas, yuzdan tashqari vujudining turli qismlariga almashtirib tekkiziladi. Chunki, yuz 
barcha go‘zalliklar mujassam bo‘ladigan inson chehrasidir. 

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin