-
14
-
mavjudotdir. Shunday ekan, u barkamol bo‘lishi
uchun ham
ruhan, ham jisman yetuk bo‘lishi lozim. Agarchi insonning
insonligi uning ruhi bilan bo‘lsaـda, uni borliqda jismsiz ham
tasavvur
qilib
bo‘lmaydi.
“Qur’oni
Karim”da:
“Sen
Robbingning farishtalarga: “Albatta men quruq loydan,
o‘zgartirilgan qora balchiqdan bashar yaratguvchidirman. Bas,
qachonki uni to‘g‘irlab bo‘lganimda va ichiga O‘z ruhimdan
puflaganimda unga sajda qilgan holingizda yiqiling”, deganini
esla” (Hijr surasi, 28-29).
Alloh Taolo inson jismining
yaratilishiga ham alohida
e’tiborni qaratib, o‘zining buyuk qudrati va insonga nisbatan
e’zozini e’lon qiladi: “Qasamki, batahqiq, insonni loy
zubdasidan yaratdik. So‘ngra uni mustahkam qarorgohda nutfa
qildik. So‘ngra nutfadan alaqa
yaratdik, alaqadan chaynalgan
go‘sht yaratdik, chaynalgan parcha go‘shtdan suyak yaratdik,
bas, suyakka go‘sht qopladik, so‘ngra uni boshqa bir jonzot
etib paydo qildik. Bas, yaratguvchilarning eng yaxshisi Alloh
barakotlidir” (Mo‘minun surasi, 12-14).
Ruhning tarbiyasi
vojib, shuningdek, jismning tarbiyasi ham zarur. Shu bois,
Islom dini insonning ruhiy va jismoniy kamoloti uchun
insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan mukammal va kafolatli
ta’limotlarni olib kelgan.
Kishi biror narsaga e’tiborli bo‘lishi
uchun uning
haqiqatidan, oz bo‘lsaـda, ogoh bo‘lishi lozim. Masalan, bir
gulni tarbiya qilishga bel bog‘lash uchun, avvalo, uning
qadrini bilish kerak. Islom dini insonni, avvalo o‘zining,
jumladan jismining qadrini bilishga chaqiradi. Alloh taolo
aytadi:
“Batahqiq, Biz insonni eng yaxshi suratda yaratdik” (Tiyn