- 12 - turli imoratlar, koshonalar, qal’alar, har xil inshootlarning
bunyod etilishi jarayonining bayoni ham hunarni egallash va
o‘rgatish faoliyati yuksak darajada yo‘lga qo‘yilganligining
dalilidir.
Zardushtiylarda jismoniy va mehnatsevarlik tarbiyasidan
nazarda tutilgan asosiy maqsad yoshlarni harbiy-jangavorlikka
va mehnatsevarlikka tayyorlash, ularni jismonan va mehnatda
chiniqtirishdan iborat edi. O‘g‘il bolalarga kurash tushish,
otga suvliq solish va uni egarlash, mol boqish hamda ularni
urchitish va tug‘dirish, tuya-otlarni parvarishlash, ularni
boshqara olish, yaylovlarda suruvlarni o‘tlatish, chorvani
yirtqich hayvonlar va qaroqchilardan muhofaza qilish uchun
50 dan ziyod harbiy qurolni ishlata bilish malakasini egallash
majburiy bo‘lib, chavandozlik va yana o‘ttiz ikki harbiy hunar
o‘rgatilgan.
“Vandidod”ning 14-fargardida jangchilarning qurol-
aslahalari nomlari keltirilgan. Bular: nayza, qilich, gurzi,
kamon, cho‘qmor, to‘qmoq, vazra (sariq ma’dan tunjdan
yasalgan jang boltasi), kamand, kamon, zirh, tiara va hk.lardir.
Yuqori ta’limda harbiy yo‘nalish bo‘yicha tegishli bilimlarni
egallagan, o‘zining jasurligi, qahramonligi, vatansevarligi va
mardonavorligini ko‘rsata olgan zardushtiylargina keyinchalik
sipohbed (qo‘mondon) va hazorpad (gvardiya boshlig‘i, bosh
qo‘mondon) lavozimlarini egallay olganlar.
Zardushtiylarda qiz bolalarga hunar o‘rgatish, o‘qitib
bilim berish qat’iy yo‘lga qo‘yilgan. Zeroki, o‘qimishli,
hunarmand qiz o‘z kasbi, bilimi bilan dastlab ota-ona
xonadonini obod, saranjom qilib yursa, jufti halolinikiga
borganda, oilani boshqarish bilan birga kelajak avlod ta’lim va
- 13 - tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanishiga to‘g‘ri kelgan. Shu
tariqa qiz bolalarga