ILOVALAR
213
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
225
-
6
-
KIRISH
Bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va
metodikasi
kursi
bo‘lajak
mutaxassislarni
jismoniy
tarbiyaning turli xil mahalliy hamda chet el tajribalaridan
samarali foydalanishga o‘rgatish, ularni jismoniy tarbiya
sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, maqsadi
va vazifalarini amalda bajarishga o‘rgatishdan iborat. Bo‘lajak
mutaxassislarning kasbiy mahorati bolalar, ularning ota-
onalari, pedagoglar jamoasi bilan olib boradigan ko‘p qirrali
hamda ijodiy faoliyatida namoyon bo‘ladi. Bo‘lajak
mutaxassislar
bolaning
rivojlanishi,
o‘sish
jarayonini
tushunish bilan birgalikda, harakat faoliyatida muhim
ahamiyat kasb etishi va inson tanasining o‘ziga xos
funksiyalarini bilishi, o‘yin hamda harakat tayyorgarligining
dasturiy mazmunini anglash bilan bir qatorda bolaning ruhiy-
jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligini tashxislash
ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari, shuningdek, o‘qitishning
zamonaviy metod va usullaridan xabardor bo‘lishlari zarur.
Mazkur o‘quv qo‘llanma talabalarni jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlarini tashkil etishning zamonaviy shakl va
vositalaridan xabardor qilish bilan birga, bolalarda jismoniy
madaniyatni shakllantirish ko‘nikmalarini hosil qilish,
harakatni chiroyli, nafis, o‘ziga xos tarzda tashkil etish,
sportni sevishga o‘rgatish kabi xususiyatlarni hosil qilishga
yordam beradi.
|