Saflanish va qayta saflanish.
Mustaqil holda alohida
guruhchalarga va butun guruh bilan bir qator bo‘lib
saflanishga, doiracha saflanish, alohida guruhga qayta
saflanish, mo‘ljal bo‘yicha tekislanish, chapga, o‘ngga, orqaga
-
134
-
aylanish, shuningdek, ketma-ket yurishdan juft-juft bo‘lib
yurishga o‘tishga o‘rgatish. 3 guruhga saflanib turish.
Harakatli o‘yinlar.
“Uchdi-uchdi”, “Chori c hambar”,
“Ko‘z boylag‘ich”, “Chitti gul”,“Qoch bolam, qush keldi” v.b.
Sport mashqlari.
Velosiped minish va unda doira bo‘ylab
yurish, o‘ngga va chapga burilish. Roliklarda uchish; rolikli
poyafzalni mustaqil kiyish va yechish, dastlabki holatga
to‘g‘ri turish, ikki oyoqlab yurish, suzishga tayyorlash,
Suvdagi o‘yinlar “To‘pning ketidan suz” v.b.
Raqs mashqlari. H
arakatlarni musiqa bilan boshlash va
tamomlash, musiqa mazmunini va qismlarga qarab mustaqil
ravishda harakatni o‘zgartirish, bir qator va juft bo‘lib dadil
qadam tashlab, shahdam yurish, yengil yugurish, bir vaqtning
o‘zida chapak chalib o‘ng oyoqni to‘pillatish, qo‘llarni mayin
harakat qildirish, hakkalab sakrash, oyoq uchi va tovonlarni
oldiga qo‘yish hamda erkin raqslarda o‘zbek xalq raqs
harakatlaridan
samarali
foydalanish,
laparlar
aytishda
qatnashish nazarda tutiladi.
Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish
Sog‘lomlashtirish ishlari.
Ertalabki badantarbiya vaqtida
bolalarni yurish, sakrash hamda qo‘l va oyoq gavdaga
mo‘ljallangan mashqlarni faol bajarishga odatlantirish.
Sayr vaqtidagi harakatli o‘yinlar davomida jismoniy
tarbiya bo‘yicha o‘rgangan o‘yin qoidalariga rioya etishga
undash, turli guruhlardagi rollarni bajarish ko‘nikmalarini
o‘stirish. Faslga qarab velosiped haydash, rolikli konki, chana
uchish, milliy kurashning ayrim usullarini o‘rganish.
O‘quv yili oxirida bolalar gavdani tik holda tutib, erkin
yurish va yugurish, gimnastika devoriga chiqib tushishni
|