Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   167
Adabiyot maktabgacha

-
144
-
ifodalilik bag‘ishlaydi. Musiqa orqali uning bola organizmi va 
shaxsiyatiga ta’siri kuchayadi. 
Shunday qilib, gimnastika va uning metodlari bolaning 
umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini takomillashuviga 
yordam berib, jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga 
ko‘maklashadi. 
2
-§.
 Gimnastika turlari va ularning tasnifi
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi 
tizimida gimnastikaning quyidagi turlari farqlanadi.
 
Ular 
jumlasiga:
 
umumrivojlantiruvchi 
(asosiy 
gimnastika, 
gigiyenik gimnastika va x.k.z), sportga yo‘naltirilgan 
gimnastika (badiiy gimnastika, atletik gimnastika va hk.) 
hamda salomatlik gimnastikalarini kirish mumkin. 
Asosiy gimnastika 
Asosiy gimnastika sog‘liqni mustahkamlash, umumiy 
jismoniy tayyorgarlik, organizimni chiniqtirish, qad-qomatni 
to‘g‘ri shakllantirish, ichki organlar faoliyatini yaxshilashga 
yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Asosiy 
gimnastika 
mazmunida 
saflanish, 
umumrivojlantiruvchi hamda asosiy harakatlar o‘z ifodasini 
topgan. Jismoniy mashqlar gimnastika snaryadlari hamda 
sport jihozlari yordamida o‘tkaziladi. Asosiy mashqlar ichki 
organlar faoliyatini yaxshilash, moddalar almashinuvini 
yaxshilash, asab-mushak tizimini mustahkamlashga yordam 
beradi. 
Gimnastik mashqlar: 


-
145
-
a) dinamik (barcha harakat kuchlarini ishlatishga 
yo‘naltirilgan bo‘lib, tormozlovchi kuchlarni sekinlashtirishga 
qaratiladi) va 
b) statik(tananing qaysidir qismini harakatsiz va bir xil 
holda saqlab turish bilan bog‘liq) bo‘lishi mumkin. 
Gimnastik mashqlar anaerob va aerob xarakterga ega 
bo‘ladi. 

Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin