-
138
-
sakrash, oyoqni chalishtirib to‘g‘irlab, galma-galdan o‘ng yoki
chap
oyoqdan sakrash, oyoqni juftlab yonlamasiga pastroq
to‘siq ustidan sakrab o‘tish: goh o‘ng oyoqda, goh chap
oyoqda sakrash, 80 sm uzunlikka
sakrash yugurib kelib
balandlikka uzunlikka sakrash, qimirlab turgan va qimirlamay
turgan arg‘imchoq ustidan sakrash.
Otib va ilib olish, irg‘itishni mashq qildirish
. To‘p bilan
bajariladigan mashqlarni mukammallashtirish. To‘pni ketma-
ket 1 metr yuqoriga otishga o‘rgatish. To‘pni yerga tashlash va
ikki qo‘l bilan ilib olish, yuqoriga
otib to tushgunga qadar
qarsak chalishga ulgurish, ketma-ket 10 marta yerga urib
o‘ynash.
Turli usullarda ilib olish, og‘ir to‘plarni dumalatish
kabilarni o‘rgatish.
Emaklash va o‘rmalab chiqishni mashq qilish.
To‘rt
oyoqlagan holda bosh bilan to‘pni 3-4 metr masofaga itarish.
To‘siqlar ustidan emaklab o‘tish o‘rindiq ustida orqaga va
oldinga emaklash, qorin bilan siljish o‘rindiq ostidan emaklab
o‘tish, siljish turlarini almashtirib
turish gimnastika devoriga
chaqqon chiqish arqonni ushlab osilish. Yotgan holatni
egallash shuningdek, emaklab o‘tish,
narvonga tez chiqib
tushish, tirmashib chiqishning turli usullaridan foydalanib
narvonga chiqish va tushish arqonga imkoni boricha yuqoriga
tirmashib chiqish.
Dostları ilə paylaş: