Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   167
Adabiyot maktabgacha

tartib. 
H
ar 
kuni 
ertalab 
badantarbiya mashqlarini bajarish, to‘p, arqon, badminton 
o‘ynash. Har kungi sayrlarda qatnashish, o‘z tashabbusi bilan 
harakatlantiruvchi amallarni bajarish. Harakatli o‘yinlar va 
mashqlarda faol qatnashish. Mas’uliyatli rolni bajarish, o‘yin 
qoidalariga bo‘ysunish, tezkorlikni, epchillikni rivojlantirish. 
Bir necha harakatli o‘yinlarning mazmuni va qoidalarini 
bilish, ularni tashkil eta olish. 
 
5-§. Katta guruhlarda jismoniy tarbiya mazmuni
Tarbiyachi jismoniy tarbiya faoliyatiga oid turli usullarni 
bolalar bilan birgalikda ularning hohishlarini hisobga olgan 
holda tanlashi maqsadga muvofiqdir. Ularni jismoniy tarbiya 
bo‘yicha mashqlarni ongli ravishda tushunib, aniq va to‘g‘ri 
bajarishga, harakatli o‘yinlarning qoidalariga rioya etishga 
o‘rgatish, yengil yurish va yugurishga, yurish vaqtida 
tayanchga kuchliroq tayanib itarilib chopishga, oyoqni 
balandroq ko‘tarish, qadam oralig‘ini oshirish uchun sekin
o‘rtacha tezlikda, tez yugurishga, yugurish vaqtida, turli 
to‘siqlardan sakrab o‘tishga o‘rgatish. 
Yugurib kelib balandlik va uzunlikka sakrash, sakrashning 
turiga qarab yerga tushish, tushayotgan vaqtda o‘zini 
yig‘ishtirib olish ko‘nikmalarini shakllantirish, bir qo‘l bilan 
koptokni otish va ilib olishga, biror buyumni qulochkashlab 
otishni, irg‘itib tashlash bilan birga qo‘shib olib borishga
tirmashib chiqish va tushishning turli xil usullarini o‘rgatish, 
bolani o‘z harakatini bajarishga, tahlil qilishga, o‘zga bolalar 
xatti- harakati bilan qiyoslashga, qomatni to‘g‘ri tutishga


-
137
-
muskullarni mustahkamlashga yordam beruvchi mashqlarni 
bajarishga o‘rgatish.
Bolalarni velosipedda uchish, suzishga oid turli usullar, 
har xil sport o‘yinlarining qonun qoidalarini qisqacha o‘rgatib 
borish. O‘yinda o‘zlashtirilgan qoidalarga rioya qilishlariga 
ham imkoniyat yaratish. Kurash tushishining ayrim usullari
qoidalarini o‘rgatish. (Masalan, sambo usullari). 
Jismoniy sifatlarni o‘stirish, muvozanat saqlash, harakatni 
boshqarish hamda fazoda mo‘ljalga olishni shakllantirishni 
davom ettirish lozim. 
Uyushqoqlik, faollik, mustaqillik, do‘stona munosabatlari 
va o‘zaro yordam kabilarni tarbiyalash. Sportning turli xillari 
bilan tanishtirish mashhur sportchilar bilan qisqacha 
tanishtirish ularning hayotiga oid qiziqarli voqealarni so‘zlab 
berish shu orqali bolalar qalbida sportga nisbatan muhabbatni 
uyg‘otish. 

Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin