Mashg‘ulotlarni
o‘tkazish
metodikasi.
Jismoniy
mashqlarni mashg‘ulotlar uchun tanlash dastur asosida
tuziladigan ish rejasi bo‘yicha belgilanadi. Mashg‘ulotlarni
rejalashtirishda yil fasli o‘tkazish sharoitini hisobga olish
lozim.
Mashgulotlarda
bolalarni
uyushtirish
usullari.
Tarbiyachi bolalarni uyushtirishning frontal, gurux, individual
kabi turli usullaridan foydalanadi. Frontal usullardan
foydalanilganda bolalarga barcha uchun bir xil tarzda, bir
vaqtda bajariladigan mashqlar beriladi. Frontal usulni
mashg‘ulotning istalgan qismida, ayniqsa bolalarni yangi
mashqlarga o‘rgatishda yoki allaqachon tanish mashqlarni
takomillashtirishda qo‘llashi maqsadga muvofiqdir. Bu usul
-
181
-
bolalarda harakat uyg‘unligini tarbiyalashda, ularni barcha
uchun barovar vazifalarni xal etishga birlashtirishda,
tarbiyachining bolalar bilan bevosita aloqaga kirishishda,
shuningdek mashg‘ulotlarning motor zichligini oshirishda
samaralidir. Bolalar mashg‘ulot detallarini o‘rganish va
aniqlash jarayonida navbati bilan harakat qiluvchi uncha katta
bo‘lmagan jamoaga bo‘linishi mumkin. Bunda tartbiyachi
mashqning bir yoki ikki gruxga tomonidan bajarilishini
kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi, qolgan bolalar esa
o‘z o‘rtoqlari harakatlarini kuzatadilar va tarbiyachini
tinglaydilar. Bundan tashqari, mashqlarni potok usulida
bajarishdan ham foydalaniladi, bunda barcha bolalar aynan bir
mashqni navbatma-navbat, birin-ketin, to‘xtovsiz potok
usulida bajaradilar. Mashqlarni keng ko‘lamda takrorlash
uchun ularni bajarish ikki va uch potokda tashkil etilishi
mumkin. Jismoniy mashqlarni potok usulida bajarish usulini
katta va tayyorlov guruh bolalariga nisbatan qo‘llash
maqsadga muvofiqdir. Katta va tayyorlov guruhlarda
jamoaviy
usuldan
foydalaniladi.
U
mashg`ulotda
tarbiyachining bolalarni o‘rgatish jarayoni va bolalarning
avval orttirgan harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish bilan
qo‘shib olib borilgan xollarda qo‘llaniladi. Bunda bolalarning
bir jamoasi tarbiyachi raxbarligida biror-bir xarakatga
o‘rgatiladi ikkinchi guruh bolalari (yoki ikkita katta bo‘lmagan
guruh) esa bu vaqtda boshqa mashq turini mashq qiladilar
(takroriy). O‘zlariga avvaldan tanish biroq turli mashqlarni
(to‘p o‘yini, tirishib chiqish, muvozanat saqlash va boshqalar
(shuningdek ijodiy topshiriqlarni bajaradigan ikki yoki uch
guruh bolalar bo‘lishi mumkin. Mashg‘ulot jarayonida har bir
|