Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   167
Adabiyot maktabgacha

-
179
-
boriladigan asosiy qismi davomiyligi: kichik guruhlarda 15 
dan 18 daqiqagacha; o‘rta guruhda 20 dan 22 daqiqagacha; 
katta 
guruhda 
25 
dan 
28 
daqiqagacha 
bo‘ladi. 
Umumrivojlantiruvchi mashqlarsiz o‘tkazilganda esa uning 
davomiyligi kichik guruhlarda 8-12 daqiqa, o‘rta guruhda 12-
15 daqiqa, katta guruhda 15-20 daqiqani tashkil yetadi. 
Mashg‘ulotni yakunlovchi qismi. 
Mashg‘ulotning o‘yindan so‘nggi yakunlovchi qismi 
tobora sekinlashadigan intensiv suratdagi yurishni o‘z ichiga 
oladi. U umumiy qo‘zg‘aluvchan ishga yordam beradi; yurish 
jarayonida bolalar bir necha nafas olish mashqlarini 
bajarishlari mumkin. Ba’zi hollarda yurish barcha bolalar 
ishtirokidagi kam harakatli o‘yin bilan almashtirilishi mumkin. 
Yurish yoki uni almashtiruvchi o‘yin so‘nggida mashg‘ulotga 
yakun yasaladi. Yakunlovchi qism: kichik guruhda 2 dan 3 
daqiqagacha, o‘rta va katta guruhlarda 3 dan 4 daqiqagacha 
bo‘ladi. Butun mashg‘ulotning davomiyligi: 
-
kichik guruhlarda 15-20 daqiqa; 
-
o‘rta guruhlarda 20-25 daqiqani; 
-
katta guruhlarda 30-35 daqiqani tashkil yetadi. 
2-§. Ochiq havodagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari 
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini ochiq havoda o‘tkazish 
juda muhimdir. Ular bola organizmining funksional jihatdan 
shakllanishiga, chiniqishiga yordam beradi, s hamollash 
kasalliklariga 
qarshiligini 
oshiradi. 
Ochiq 
havodagi 
mashg‘ulotlar hamda uch qismdan: kirish – tayyorgarlik, 
asosiy va yakunlovchi qismlardan iboratdir. Mashg‘ulotning 
kirish – tayyorgarlik qismi harakat texnikasini yaxshilash


-
180
-
oyoq mushaklarini mustahkamlash, qomatni yaxshilash 
maqsadida nafas olish, sekin sur’atdagi yugurish mashqlaridan 
iboratdir. Yugurishdan so‘ng bolalar zvenoli kolonna, doira va 
boshqalarga saflanadilar, bu keyingi mashqlar uchun qulaydir. 
Mashg‘ulotning asosiy qismi qo‘l, gavda va oyoq 
mushaklariga yaxshi yuklama beruvchi umumrivojlantiruvchi 
mashqlarni bajarish uchun mo‘ljallanadi. Shundan so‘ng 
o‘rtacha tezlikda yugurish o‘tkaziladi. U yurish va bolalarning 
asosiy harakatlarni bajarish uchun qayta saflanish bilan 
tugallanadi. Bunda avval yoki yangi harakatlar, o‘rtacha 
tezlikda yugurishdan so‘ng esa sekin sur’atdagi yugurish bilan 
tugallanadigan tanish (takroriy) harakatlar beriladi. Bu qism 
oxirida musobaqali harakatli o‘yin, estofeta o‘yini yoki sport 
o‘yini o‘tkaziladi. Ular bolalarning yuqori harakat faolligini 
ta’minlaydi. Mashg‘ulotning yakunlovchi qismida sekin 
sur’atdagi yugurishdan nafas olish mashqlarini bajargan holda 
yurishga o‘tiladi. 

Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin