-
180
-
oyoq mushaklarini mustahkamlash, qomatni yaxshilash
maqsadida nafas olish, sekin sur’atdagi yugurish mashqlaridan
iboratdir. Yugurishdan so‘ng bolalar zvenoli kolonna, doira va
boshqalarga saflanadilar, bu keyingi mashqlar uchun qulaydir.
Mashg‘ulotning asosiy qismi qo‘l, gavda va oyoq
mushaklariga yaxshi yuklama beruvchi umumrivojlantiruvchi
mashqlarni bajarish uchun mo‘ljallanadi. Shundan so‘ng
o‘rtacha tezlikda yugurish o‘tkaziladi. U yurish va bolalarning
asosiy harakatlarni bajarish uchun qayta saflanish bilan
tugallanadi. Bunda avval yoki yangi harakatlar, o‘rtacha
tezlikda yugurishdan so‘ng esa sekin sur’atdagi yugurish bilan
tugallanadigan tanish (takroriy) harakatlar beriladi. Bu qism
oxirida musobaqali harakatli o‘yin, estofeta o‘yini yoki sport
o‘yini o‘tkaziladi. Ular bolalarning yuqori harakat faolligini
ta’minlaydi. Mashg‘ulotning yakunlovchi qismida sekin
sur’atdagi yugurishdan nafas olish mashqlarini bajargan holda
yurishga o‘tiladi.
Dostları ilə paylaş: