-
175
-
YETTINCHI BO‘LIM. BOLALAR MTM DA JISMONIY
TARBIYANI TASHKIL ETISH SHAKLLARI
Jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari – bu bolalarning
rang-barang faoliyatini ta’lim-tarbiyaviy majmuasi bo‘lib,
uning asosini harakat faoliyatiga tashkil yetadi.
Bolalar
harakat faoliyatini tashkil etishini shakllari quyidagilardan
iborat:
1.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari.
2.
Kun tartibidagi jismoniy sog‘lomlashtirish ishlari:
ertalabki gimnastika, harakatli o‘yinlar va sayr paytidagi
jismoniy
mashqlar, jismoniy daqiqalar, kunduzgi uyqudan
so‘nggi jismoniy mashqlar, chiniqtirish tadbirlari.
3.
Faol dam olish: bolalar turizmi,
jismoniy dam olishlari,
jismoniy tarbiya bayramlari, salomatlik kunlari, ta’tillar.
4.
Bolalarning mustaqil harakat faoliyati.
5.
Uyga vazifa.
Bu shakllarning barchasi jismoniy tarbiya va bolani har
tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi.
1-§. MTMlarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining
mazmuni va tuzilishi
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bolalarni jismoniy
mashqlarga
muntazam
o‘rgatishning
asosiy
shaklidir.
Mashg‘ulotlarning a hamiyati harakatlar
madaniyatini
mujassam
shakllanishi,
sog‘lomlashtirish,
ta’limiy
va
tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir.
Mashg‘ulotlar xushchaqchaq,
intizomli, atrof-muhitda yaxshi
harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va
-
176
-
ishonch bilan, maqsadga yo‘nalgan holda faoliyat ko‘rsata
oladigan,
shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon
eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Jismoniy
mashg‘ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq
havoda o‘tkaziladi. Yoz paytida o‘yinlar,
mashqlar ochiq
havoda,
jismoniy
tarbiya
maydonchasida
o‘tkaziladi.
«Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturida har bir
yosh
guruhi
uchun
belgilangan
jismoniy
mashqlar
mashg‘ulotlarning mazmunini tashkil yetadi. Mazmuniga
ko‘ra xilma-xil mashg‘ulotlarni o‘tkazishda vazifalarning aniq
va oydin bo‘lib qolishi, dasturni o‘tishda izchilikka rioya
qilish, shuningdek bolalarning yosh va o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish shartdir. Mashg‘ulotlar
tuzilishi
jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan
iboratdir. U qo‘yilgan vazifalar, asab tizimining ish qobiliyati
va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichidagi
xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg‘ulot paytida bola
organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat
qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir. Jismoniy
tarbiya mashg‘ulotlari o‘zaro bog‘liq uch qismdan iboratdir:
1.
Kirish – tayyorgarlik.
2.
Asosiy qism.
3.
Yakuniy qism.
Ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari
mashg‘ulotning har bir qismi uchun baravar muhim
ahamiyatga egadir.
Mashg‘ulot kirish qisminining mazmuni va vazifalari.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotining birinchi qismi qo‘yilgan
vazifalar va uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga