Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   167
Adabiyot maktabgacha

-
170
-
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida bolalarni sport mashqlari va 
sport o‘yinlari elementlariga o‘rgatadi. Bu ishni asosan 
tarbiyachi olib boradi, lekin bolalarning sport mashqlarini 
bajarish malakalarini egallab va sport o‘yinlarini o‘ynashni 
bilib olishlari uchun ularni doimo sayrlar vaqtida takrorlash va 
mustahkamlab borish kerak. Ob- havo sharoiti, sport 
jihozlarining bor-yo‘qligi, bolalarning u yoki bu sport o‘yini 
va mashqlarini egallab olish darajasiga qarab, tarbiyachi 
rejada ko‘rsatilgan sport turlarini hafta bo‘yicha (ertalabki va 
kechki) hamma sayrlarga taqsimlaydi. Ayrim hollarda bolalar 
bir necha o‘yin turlarini mashq qilishlari mumkin. Masalan: 
ba’zi birlari velosiped uchadilar, ayrimlari stol tennisi va 
badminton o‘ynaydilar keyin esa ular o‘zaro o‘rin 
almashadilar. Dastlab tarbiyachi sport o‘yinlari va mashqlarida 
ishtirok etishga jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida mashqni 
yetarlicha o‘zlashtirmagan bolalarni jalb yetadi. Keyinroq esa 
hamma bolalarning faol bo‘lishiga harakat qilishi kerak. 
Bolalar faqat sport o‘yinlari elementini o‘zlashtirib olishlari 
emas, balki ularning asosiy qoidalarini foydalanayotgan sport 
inventarlarining qismlari nomini, ularni asrab-avaylab 
saqlashni bilishlari lozim. Agar tarbiyachining o‘zi sport 
o‘yinlarida faol ishtirok etsa, bolalarning xatti- harakatiga 
rahbarlik qilsa, sport o‘yinlariga o‘rgatish ancha tezlashadi. 
2-§. Velosipedda uchishga o‘rgatish metodikasi 
Maktabgacha tarbiya muassasalarida uch g‘ildirakli va 
ikki g‘ildirakli velosipedlardan foydalaniladi. Avvalo bolalarni 
velosipedda yurish qoidalari bilan tanishtiriladi. Bolalar ikki 
yoshdan uch g‘ildirakli, besh yoshdan ikki g‘ildirakli 


-
171
-
velosipedda yurishga o‘rgatiladi: velosipedga o‘tirishga undan 
tushishga, to‘g‘riga, aylana bo‘lib, «ilon izi» bo‘lib haydash, 
ortga burish topshirig‘i beriladi. Shundan so‘ng bolalarni 
velosipedda to‘g‘riga haydash, burilishlar qilishga (kattalar 
yordamida) o‘rgatiladi. Velosiped 
uchishga 
o‘rgatishda 
bolalarni ketma-ket tarzda mashqlarga o‘rgatish lozim: 
-
velosiped qismlari bilan tanishish; 
-
rulni ushlab velosipedni to‘g‘ri, aylana bo‘ylab haydash; 
-
oyoqni o‘rindiq ustidan oshirib o‘tkazib joyida turgan 
velosipedga o‘tirish (bunda o‘rindiq bolaning oyoqlari yerga 
tegadigan holatga tushirilgan bo‘lishi kerak); 
-
oyoqlari 
bilan 
yerdan 
itarilib, 
to‘g‘ri 
yo‘ldan 
velosipedda muvozanat saqlab uchish (1 – 2 marta tarbiyachi 
velosiped egaridan ushlab yordam beradi, keyin bola mashqni 
mustaqil bajaradi); 
-
oyoqlarini ko‘tarib, muvozanat saqlab, kichikroq 
masofani yurib o‘tish (oyoqlar yordamida yerdan itarilish 
bilan tezlik olinadi); 
-
oyoqlar bilan yerdan itarilib, to‘g‘ri yo‘ldan kichikroq 
masofalarni o‘tish (bunda avval bir oyoq, keyin har ikki oyoq 
pedalga qo‘yiladi); 
-
oyoqlar bilan yerdan itarilib tezlik olgandan keyin 
oyoqlarni pedalga qo‘yish va uni aylantirish, oyoqni pedaldan 
olish va ularni yerga tekkizib, velosipedning yurishini 
sekinlashtirib uni to‘xtatish; 
-
pedallarni aylantirib, to‘g‘ri yo‘ldan velosiped uchish; 
-
katta aylana bo‘ylab uchish; 
-
to‘xtash va velosipeddan tushish; 



Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin