Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   167
Adabiyot maktabgacha

-
163
-
Harakatli o‘yinlarning variantlari. 
Harakatli o‘yinlarni 
o‘zgartirib turish maqsadga muvofiqdir. Biroq variantlar faqat 
o‘yinni rang-baranglashtirish bolalarning unga nisbatan 
qiziqishini saqlab turish uchungina emas, balki pedagogik 
vazifalar- harakatlarini takomillashtirish, birmuncha murakkab 
o‘yin harakatlari, qoidalarini bajarishga o‘yin vaziyati 
sharoitining o‘zgarishi uchun kerak bo‘ladigan jismoniy 
sifatlarini tarbiyalash uchun ham zarurdir. Ular bolalardan 
muayyan aqliy va jismoniy kuchni va shu bilan birga o‘yinga 
nisbatan ortib boruvchi qiziqishni talab qiladi. Masalan, 
«Qopqon» o‘yinining bir necha varianti mavjud: To‘p bilan 
o‘ynaladigan «Qopqon» o‘yini, «Oyoqni erdan uzib 
o‘ynaladigan «Qopqon o‘yini». Shuningdek, harakatli o‘yinlar 
variantlarini tarbiyachining o‘zi yaratishi mumkin. Bunda u 
o‘z guruhidagi bolalarni aqliy va jismoniy rivojlanganligini 
hisobga oladi va ularga quyiladigan talablarning tobora oshib 
borishini ko‘zda tutadi. 
3-§. Harakatli o‘yinlarga rahbarlik qilish metodikasi 
Tarbiyachining 
o‘yin 
jarayoniga 
rahbarlik 
qilishi 
metodikasini egallagan bo‘lishi o‘yinlarni muvaffaqiyatli 
o‘tkazishning asosiy sharti hisoblanadi. Pedagog o‘yin 
faoliyatiga rahbarlik qilar ekan, bolalarni asta-sekin va 
«sezdirmasdan» qiziqarli o‘yin vazifalarini bajarishida 
mustaqillik va topqirlik ko‘rsatish, yuzaga kelgan o‘yin 
vaziyatida chaqqon intilib harakat qilish, o‘rtoqlik yordami 
berish, hamma uchun umumiy bo‘lgan maqsadga erishishga 
va bundan quvonishga o‘rgatib boradi. Metodika – bu 
tarbiyachi mehnatining professional texnologiyasi bo‘lib, 


-
164
-
tarbiyachi uni egallagan bo‘lishi va bolalarga rahbarlik qilish 
usullarini to‘xtovsiz takomillashtirib borishi kerak. Harakatli 
o‘yinlarni tanlash va rejalashtirish dasturga muvofiq amalga 
oshiriladi. Bunga har bir yosh guruhning ish sharoiti hisobga 
olinadi, chunonchi bolalarni jismoniy va aqliy rivojlanishining 
umumiy darajasi harakat ko‘nikmalarining rivojlanishi, har bir 
bola sog‘lig‘ining ahvoli, o‘ziga xos xususiyatlar, yil fasli, kun 
tartibi, uyini o‘tkazish o‘rni, shuningdek bolalar qiziqishlarini 
o‘ziga xos xususiyatlari . Harakatli o‘yinlar dastur talablariga 
muvofiq asta-sekin murakkablashtirib boriladi, bolalar ongini 
o‘sishi, ular to‘plagan harakat tajribasini, maktabga tayyorlash 
zaruriyatini hisobga olgan holda o‘zgartirib turiladi. Kichik 
guruhda mazmuni va qoidasiga ko‘ra sodda bo‘lgan mazmunli 
va mazmunsiz harakatli o‘yinlar tashkil etiladi. Bu o‘yinlarda 
barcha bolalar bir xil rol yoki harakat topshirig‘ini 
tarbiyachining bevosita ishtirokida (barcha bolalar – 
qushchalar, tarbiyachi – ona qush bo‘ladi…) bajaradilar. 3 
yoshli bolalar asta-sekin yakka holda rollarni bajarishga 
o‘rgatib boriladi (barcha bolalar qushlar, bitta yoki ikkita bola 
avtomobil bo‘ladi). O‘rta guruhda eng oddiy musobaqa 
usulidagi o‘yinlarni yakka tarzda ham, jamoa tarzda ham 
o‘tkazish mumkin. Katta guruhda bolalar uchun harakatli 
o‘yinlar o‘z mazmuni, qoidalari, rollarning miqdori, 
topshiriqni 
jamoa 
musobaqasiga 
joriy 
etishga 
ko‘ra 
murakkablashtiriladi. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari 
birmuncha murakkab harakatli o‘yinlar, shuningdek jamoa 
musobaqalaridan iborat komanda o‘yinlarni, o‘yin estafetasi, 
sport o‘yinlarini o‘ynaydilar. Bularning hammasi chaqqonlik, 
tezkorlik, chidamlilikni rivojlanishi, harakat ko‘nikmalarining 



Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin