-
166
-
quvnoq o‘yin faoliyatiga tayyorlaydigan, o‘yinni
tezroq
boshlash istagini tug‘diradigan va o‘yin topshiriqlarini
ishtiyoq bilan bajarishga undaydigan bo‘lishi kerak.
Mazmunsiz o‘yinni tushuntirish qisqa, aniq va ifodali oxangda
bo‘lishi
lozim.
Tarbiyachi
o‘yin
harakat
izchilligini
tushuntiradi, bolalar va o‘yin atributlarining joylashish o‘rni
(kichik va o‘rta guruhda buyumlarni mo‘ljallab, katta
guruhlarda esa mo‘ljalga olmay ko‘rsatadi)
fazo iborasidan
foydalangan holda ko‘rsatadi va qoidalarni aniqlashtiradi.
Shundan so‘ng tarbiyachi bolalarga bir necha savollar beradi.
O‘yinni qoidasi bolalarga tushunarli bo‘lsagina o‘yin
quvnoqlik va uyushqoqlik bilan bilan o‘tadi. Musobaqa
elementlari mavjud o‘yinlarni o‘tkazishda tarbiyachi o‘yinni
tushuntirayotib
qoidalarni, o‘yin
usullarini,
musobaqa
shartlarini aniqlashtiradi, bolalarni
topshiriqlarni yaxshi
bajarishga harakat qilishlar va yaxshi uddalashga ishonch
bildirgan holda rag‘batlantiradi. Tarbiyachi bolalarning
jismoniy qomoloti va yakka o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
olgan holda musobaqalashayotgan kuchlari teng guruhlar –
komandalarni
birlashtiradi; o‘ziga ishonchsiz, tortinchoq
bolalarni faollashtirish
maqsadida ularni jasur, faol bolalar
bilan qo‘shib qo‘yadi. Ba’zan o‘yinga sport ko‘rinishini berish
uchun komanda kapitanlari, sudya
va uning yordamchilarini
saylash
mumkin.
Mazmunli
o‘yinlarni
tushuntirish:
tarbiyachining
vazifasi
bolalar
ko‘zi
o‘ngida
o‘yin
vaziyatining ko‘rgazmali manzarasini gavdalantirishdan, o‘yin
obrazlarini yorqin tasvirlashdan, bolalar tasavvuri va hislariga
ta’sir etishdan, ularning ijodiy tashabbusni faollashtirishdan
iboratdir. Buning uchun kichik guruhlarda o‘yinchoq va