-
168
-
bo‘lgan kam harakatli o‘yin bilan almashtirish ham mumkin.
O‘yin tugagan zahoti uni yakunini chiqarish kerak emas:
bolaning tez harakatdan dam olishga asta-sekin o‘tmasligi
yurak faoliyatini va butun organizmiga noxush ta’sir yetadi.
Tarbiyachi o‘yinni baholashida uning ijobiiy tomonlarini
ta’kidlaydi, o‘z rollarini muvaffaqiyatli bajargan, jasurlik,
chidamlilik, o‘zaro o‘rtoqlik yordami ko‘rsatgan
bolalar
nomini ataydi va qoidalarning buzilishi hamda bolalarning shu
bilan bog‘liq harakatini kuyinib ko‘rsatib o‘tadi. Katta
guruhlarda tarbiyachi bolalarni harakatli o‘yinlarni mustaqil
tashkil etishga tayyorlaydi, bunda o‘yinlarning borishini va
ayniqsa, qoidalarni bajarilishini hamda bolalar o‘rtasidagi
munosabatlarni kuzatib beradi. U bolalarga harakatli o‘yin
variantlarini
uning mazmuni, qoidasini, o‘yin harakatlarini
o‘zgartirgan holda o‘ylab topish, keyinchalik yangi o‘zi o‘ylab
o‘yin topish kabi topshiriqlar beradi. Katta guruh bolalarida
mustaqillik, tashkilotchilik malakasini tarbiyalash maqsadida
tarbiyachi ularga kichik guruh bolalari bilan o‘yin
tashkil
etishini taklif yetadi. O‘yin kichik guruh tarbiyachisi kuzatuvi
ostida o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: