- 200 - harakatlanish faoliyatining hamma shakllarini tarbiyachi,
musiqachi, tibbiyot xodimlari, suzish bo‘yicha mutaxssis va
bolaning ota-onasi bilan hamkorlikda tuzishi lozim.
2-§. Jismoniy madaniyat mutaxassisi kabinetining jihozlanishi Metodik kabinetda tarbiyachilarning mustaqil faoliyati
uchun kerakli adabiyot va boshqa sharoitlar yaratilishi shart.
Bular orasida nazariy va amaliy adabiyot: kitoblar, jurnallar,
harakatli o‘yinlar va jismoniy mashqlar to‘plamlari, lug‘atlar;
ushbu adabiyotlar kartotekasini tuzish, turli xarakatli o‘yinlar
majmuini tanlash, psixofizik xususiyatlarni rivojlantirish
uchun mashqlar ajratish va hk. Kabinetda quyidagi jihozlar
bo‘lishi shart: boshqa maktabgacha ta’lim muassasalarning
tajribasini aks ettiruvchi ko‘rgazma qurollari; turli xil ta’lim
dasturlari, guruh yoshiga qarab tuzilgan ishchi dasturlar;
jismoniy sog‘lomlashtirish dasturlarning sharhi; Bolalar
harakatlanish faoliyatini tashkil etish shakllarining konspekti
(mashg‘ulotlar, sport bayramlari, bolalar xarakatlanish
faoliyatini mustaqil tashkil qilish, bo‘sh vaqtini band etish).
Metodik faoliyatda ko‘rgazma qurollar( rasm, video va audio
tasmalar) muhim a hamiyatga ega. Kabinetda muhokama
qilingan jismoniy tarbiya bo‘yicha hisobotlar saqlanadi.
Metodik kabinetda: sport o‘yinlari jihozlari (jumladan
badminton, basketbol, xokkey va b.), chertyoj, qo‘llanmalar,
anjomlar ko‘rgazmasi tashkil qilinadi; sport anjomlari
namoyishi; mamlakatning ilg‘or sportchilari haqida albomlar
va boshqa ko‘rgazma qurollari namoyish etiladi. Jismoniy
madaniyat mutaxassisi ushbu eksponatlar qo‘llanishi haqida
- 201 - tarbiyachilar
va
ota-onalarga
kerakli
maslahatlar
va
ko‘rsatmlar beradi.