Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   167
Adabiyot maktabgacha

-
197
-
Suvi sayoz joyda yurish, tosh terish, shishirilgan o‘yinchoqlar 
bilan o‘ynash, suv sachratish kichkintoylarga o‘zlari uchun 
yangi bo‘lgan suv muhitini o‘zlashtirishda yordam beradi, 
axloqiy hislarni uyg‘otadi, jasurlikni tarbiyalaydi. Cho‘milish 
yozda, kun issiq paytda, havo harorati 20-25 S, suv harorati 
kamida 20-25 S paytida boshlash, ikki haftadan keyin havo 
harorati 18-20 S, suvning 15-16 S bo‘lganda cho‘milish 
mumkin. Cho‘milish joyini sinchiklab tekshirish, 3-4 bolaning 
kattalarning hushyor kuzatuvida bir vaqtda cho‘milish, 
shifokorning barcha ko‘rsatmalariga rioya qilish – bu 
muolajalarni o‘tkazishning majburiy shartidir. Cho‘milish 
muddatini har bir yosh guruhi uchun bolalar muassasasi 
shifokori belgilaydi. Bunda metereologik sharoit suv va havo 
temperaturasi, s hamol, quyoshli yoki bulutli havo va barcha 
bolalar organizmining chiniqqanlik darajasi hisobga olinadi. 
Quyosh vannalari. Quyosh bola organizmiga yaxshi ta’sir 
ko‘rsatib, 
uning 
umumiy 
holatini 
mustahkamlaydi, 
almashinish jarayonlarini yaxshilaydi. Ayniqsa bakteritsid 
(bakteriyalarning rivojlanishini to‘xtatadigan), antiraxit (asab 
tizimining faoliyatini yaxshilaydigan, modda almashinish 
jarayonini 
kuchaytiradigan, 
suyak 
mushak 
tizimini 
mustahkamlaydigan), eritem (qon oqimini ko‘chaytiradigan va 
terini qizartirib, badanning qorayishiga olib keladigan) ta’sirga 
ega bo‘lgan ultrabinafsha nurlari juda foydalidir. Dastlab 
quyoshda ko‘pi bilan 5-6 daqiqa toblanish lozim. Bu muddat 
har kuni 5-6 daqiqa oshira boriladi va nihoyat 1 soatga 
yetkaziladi. Bola oftobda boshiga sochiq yopib yoki panama 
kiyib yotishi, har 2-2, 5 daqiqada qorindan yonboshga, so‘ngra 
orqasiga, keyin boshqa yonboshiga ag‘darilib turishi lozim. 



Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin