-
28
-
jismoniy sifatlar shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini
o‘rganish mazkur o‘quv predmetining maqsadini tashkil
yetadi. O‘quv predmetining o‘ziga xos xususiyati bolaning
tug‘ilganidan boshlab 7 yoshgacha bo‘lgan davrda rivojlanishi
va
jismoniy
tarbiyaning
qonuniyatlarini
o‘rganishdan
iboratdir. Barcha fanlarning mazmunini o‘rganish, aniqlash,
tahlil qilish, ma’lum xulosalar chiqarish maqsadida uning
mohiyatini belgilovchi asosiy tushunchalarga tayaniladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasida quyidagi asosiy tushunchalar
farqlanadi: jismoniy rivojlanish, jismoniy takomillashuv,
jismoniy madaniyat, jismoniy ta’lim va tarbiya, jismoniy
tayyorgarlik, jismoniy mashqlar, harakat faolligi, harakat
faoliyati, sport, jismoniy holat, jismoniy rekreatsiya(tiklanish),
jismoniy reabilitatsiya. Bu tushunchalar mazmunini tushunish
talabalarga ongli va ijodiy ravishda pedagogikaga oid
manbalarni o‘rganish, amaliy mashg‘ulotlarni yuqori saviyada
bajarish imkonini beradi. Quyida biz mazkur tushunchalarning
har birini izohlashga harakat qilamiz:
Dostları ilə paylaş: