-
32
-
Jismoniy tayyorgarlik
- harakat ko‘nikma va malakalari
darajasining dastur me’yoriy
talablariga mos kelishi
hisoblanadi.
Jismoniy ta’lim-
maxsus bilimlar bilan qurollanish,
harakat ko‘nikma va malakalarini o‘rganish,
bolada tana
reflektsiyasini takomillashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Jismoniy mashqlar-
maxsus harakatlar tizimi bo‘lib,
jismoniy tarbiya vositasi sifatida qo‘llaniladigan bola
faoliyatining murakkab shaklidir. Ular hayotiy zarur bo‘lgan
harakat ko‘nikmalarini takomillashtirish uchun qo‘llanilib,
bolaning ma’naviy o‘sishi va takomillashuviga yordam beradi.
Bolalarning individual yoki jamoa o‘zaro ta’sirida bajaradigan
jismoniy
mashqlari, ularni tegishli ma’naviy iroda sifatlarini
shakllantirishning asosi bo‘lgan axloqiy munosabatlar tajribasi
bilan qurollantiradi.
Mashq atamasi- harakat faoliyatini
bir necha marotoba
takrorlanishini anglatadi.
Harakat faolligi –
bola organizmining yashovchanligi
hamda individual rivojlanishining asosi hisoblanadi. U
salomatlikning oltin qonuni: “sarf qilib, ega bo‘lamiz”ga
bo‘ysunadi.
Bolaning
individual
rivojlanishi
harakat
faolligining energetik qoidasiga asoslanadi.
Harakat faolligi
tiklanish jarayonlari (anabolizm) funksional induksiyasining
asosiy faktori hisoblanadi.
Harakat faolligiga asoslanib, bola
o‘zining to‘liq fiziologik rivojlanishini ta’minlaydi. Tabiat
farzandi sifatida inson harakatga bo‘lgan
ehtiyoji tufayli
yashaydi va rivojlanadi. Bu ehtiyoj unga tarbiya tizim orqali
ijtimoiy yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, harakat
faolligi bioijtimoiy holat kasb yetadi.