-
53
-
navbatida trening vazifasini bajarib, irodaviy moslashuv
hamda kerakli ko‘nikmalarni hosil qilish imkoniyatini bergan.
Inson
doimo harakatga intilib, harakat faoliyatini
optimallashtirishga intilgan. Tabiat hodisalarini tushunmaslik
oqibatidagi qo‘rquv, his-hayajon, raqs, o‘yin hamrohligida
o‘tkaziladigan turli diniy udumlarning paydo bo‘lishiga olib
kelgan. Insonnning ijtimoiy
jihatdan rivojlanib borishi
natijasida mehnat faoliyati va jismoniy mashqlar orasidagi
farq tobora yo‘qqa chiqa boshladi. Mehnat jarayoni bilan
bog‘liq murakkab harakat faoliyatidan asta-sekin alohida
harakatlar (yugurish, uloqtirish, sakrash)
ajralib chiqib,
keyinchalik jismoniy tarbiyada qo‘llanila boshlandi. Turli
mushaklar guruhi uchun o‘ziga xos mashqlar qo‘llanila
boshlandi. Oddiy mashqlar tizimi asta-sekin hozirgi kundagi
sport o‘yinlarida qo‘llaniladigan murakkab, maxsus tuzilgan
mashqlar tizimi darajasigacha takomillashib bordi.
Inson
rivojlanishi va faoliyatining takomillashuvi yangi-yangi
jismoniy mashqlarni yaratish va takomillashtirib borishni