Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   167
Adabiyot maktabgacha

-
122
-
usullari tavsiya etiladi. Bolalarning mustaqil faoliyati 
tarbiyachining bevosita rahbarligida o‘tadi. U har bir bolaning 
o‘yin va mashqlarni erkin tanlashiga harakat qiladi. 
Tarbiyachi harakat faoliyatiga mos jihozni tanlash yo‘li 
bilan bolalarning tashkilotchilik qobiliyatini o‘sishiga yordam 
beradi. Tarbiyachi (maktabgacha ta’lim muassasasida va 
oilada amalga oshiriladigan) jismoniy tarbiya jarayonining 
ketma-ketligi va uzluksizligiga alohida e’tibor qaratadi. U bu 
ishni rejalashtirayotganda bolaning o‘ziga xos xususiyati
rivojlanishi, 
salomatligi, 
jismoniy 
o‘sishi, 
qiziqishi, 
qobiliyatlari hisobga olinadi. Jismoniy tarbiya dasturida har 
bir guruhdagi kundalik harakatlar belgilangan.
Harakatning shakllanishiga yordam qilish, bolaning 
tevarak-atrofga ko‘nikishini ta’minlash, gavdaning tik xolatini 
saqlashga o‘rgatish. Bolalarni mustaqil o‘yinlarda harakat 
faolligini boshqarishga yordam berish va unga sharoit 
yaratish. Harakatli o‘yinlarni o‘ynashga bo‘lgan ehtiyojni 
hosil qilish. 
Bolalarni tarbiyachining ko‘rsatmasiga taqlid qilgan holda 
harakatni tushunib, birgalikda harakat qilishga, o‘z harakatini 
boshqalar harakati bilan solishtirishga o‘rgatish. Harakat 
yo‘nalishini o‘zgartirish, yurish va yugurish vaqtida harakat 
xarakterini signalga bog‘lab olib borish. Bolalarni sakrash
joyidan uzoqqa sakrash, ikki oyoqlab yumshoq yerga 
tushishga o‘rgatish. Bolalarni emaklash, tirmashib chiqish va 
to‘p bilan harakat qilish bo‘yicha mashq qildirish. Bu 
mashqlar bajarilayotganda bolalarning gavdani to‘g‘ri va 
tovonni mustahkamlab tutishiga e’tibor berish. Bolalarda 
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga, shuningdek, ertalabki 


-
123
-
gimnastikaga ijobiy emotsional munosabatni uyg‘otish. 
Tarbiyachi tomonidan tashkil qilingan o‘yin mashqlari, 
harakatli o‘yinlarda faol ishtirok etish.
Tayyorlangan predmet va o‘yinchoqlardan mustaqil 
ravishda tashkil etilgan o‘yinlarda harakat faolligini oshirishga 
o‘rgatish.

Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin