Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   167
Adabiyot maktabgacha

-
119
-
malakalarni 
shakllantirish, 
ulardagi 
kuchlilik, 
tetiklik, 
chaqqonlikni amalga oshirish, ziyraklik kabi jismoniy 
sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Muntazam ravishda 
o‘tkaziladigan jismoniy mashg‘ulotlar bolalarning o‘sish va 
rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir qilib, ijodiy imkoniyatlarini 
oshiradi.
Dasturda maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy 
tarbiyalashning vazifalari quyidagicha belgilanadi: 
-
salomatlikni mustahkamlash va chiniqtirish; 
-
jismoniy jihatdan baquvvat qilish; 
-
shaxsning axloqiy tomondan ijodiy sifatlarini tarbiyalash; 
-
bolalarda maqsadga to‘g‘ri yo‘naltirilgan harakatlarni 
faollashtirish uchun sharoit yaratish; 
-
harakatlarning muhim hayotiy turlarini shakllantirish, 
yurish, yugurish, sakrash, emaklash, o‘rmalash, otish, ilib 
olish, suzish, velosipedda uchish, oyoq, qo‘l, tana, bosh 
harakatlarini rivojlantirish, saflanish va qayta saflanish; 
-
o‘yin harakatlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, 
jismoniy sifatlarni rivojlantirish: chaqqonlik, epchillik, 
ziyraklik, irodalilik, sabr-qanoat, kuchlilik va boshqalarga 
tenglashib tik tutish malakasini oshirish; 
-
bola qomatini to‘g‘ri shakllantirishga ta’sir ko‘rsatish va 
yassi oyoqlilik kasalligining oldini olishga yordam berish; 
-
jismoniy mashq va o‘yinlarning foydasi, asosiy gigiyenik 
talablar va qoidalar haqida yetarli darajada tasavvur va 
bilimlar berish; 
-
faol harakatga qiziqishni tarbiyalash. 
Jismoniy tarbiya dasturida har bir guruh uchun kundalik 
harakat tartibi ko‘rsatilgan. Bolalar jismoniy tarbiyaning 


-
120
-
asosiy mazmunini muntazam ravishda bajarishlari uchun turli 
usuldagi mashqlar mavjud. Bular asosiy harakatlar (yurish, 
yugurish, sakrash, irg‘itish, ilib olish, emaklash, sirpanish); 
oyoq va tana uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar (turli 
buyumlar yordamida va ularsiz) raqs mashqlari, saflanish va 
qayta saflanish, harakatli o‘yinlar, turli sport o‘yinlarining 
muhim xususiyatlarini egallash, sport mashqlari, rolikli 
konkida sayr qilish, velosipedda yurish, suzish va 
boshqalardan tashkil topadi. Bolalarni xalqimizning eng buyuk 
an’analari ruhida tarbiyalash nihoyatda muhimdir. O‘zbek 
xalqi boshqa xalqlar kabi o‘zining qadimiy an’anaviy 
o‘yinlariga ega. Ular asrlar mobaynida shakllanib va sayqal 
topib bugungi kungacha yetib keldi. Dasturga zamonaviy 
harakatli o‘yinlar qatoriga ana shunday o‘zbek xalq milliy 
o‘yinlari ham kiritildi. Shu bilan birga dasturda harakat 
sifatlarini rivojlantiruvchi, qomatni to‘g‘ri shakllantiruvchi va 
yassi oyoqlilik kasalining oldini oluvchi maxsus mashqlar ham 
tavsiya etiladi.
Jismoniy tarbiya bo‘yicha bajariladigan ishni to‘g‘ri 
rejalashtirish va o‘tkazish uni samarali hal etishda nihoyatda 
muhimdir. Kun davomida turli xildagi mashg‘ulotlarni 
jismoniy mashq va harakatli o‘yinlar bilan qo‘shib olib 
borilishi, bolaning to‘g‘ri harakatini ta’minlashga yordam 
beradi. Mashg‘ulotlarga tavsiya etilayotgan dastur materiali 
o‘tkaziladigan jismoniy sog‘lomlashtirish tadbirlari mustaqil 
mashqlar va o‘yinlar uchun asos bo‘ladi. Ta’lim vazifasining 
asosi, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida, tarbiyaviy va 
sog‘lomlashtirish vazifalari jismoniy sifatlarni o‘stirish, 
bolalar organizmining ish qobiliyatini takomillashtirish, uning 



Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin