Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc


Emaklash va tirmashib chiqish uchun mashqlar



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   167
Adabiyot maktabgacha

Emaklash va tirmashib chiqish uchun mashqlar
. 3-4 m. 
ga emaklash, 25-30 sm. li to‘siq tagidan o‘tish, polda yotgan 
holda ustidan oshib o‘tish. Arqonli narvoncha, gimnastika 
devorchasidan bolaga qulay bo‘lgan usul bo‘yicha yuqoriga 
tirmashib chiqish va pastga tushish. 
Muvozanat saqlash uchun mashqlar
. To‘g‘ri yurish, 
ilon izi yo‘lakchadan, to‘g‘ri, ilon izi, doira bo‘ylab tashlab 
qo‘yilgan arqonchadan, bir tomoni poldan ko‘tarib qo‘yilgan 
taxtachadan, gimnastika o‘rindig‘i ustida yurish.
Usti silliqlangan taxta bo‘ylab, gimnastika o‘rindig‘i 
ustida emaklab yurish. 
10-15 sm balandlikdagi to‘siqlardan: xalqadan - xalqaga, 
yashikdan - yashikka sakrab o‘tish, taburetka (25 sm. 
balandlikdagi), o‘rindiq ustiga chiqish, qo‘llarni ikki yonga 
uzatgan holda turish. Oyoq uchida ko‘tarilish va yana 
dastlabki holatga qaytish. Turgan joyida asta-sekin aylanish. 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar.
Qo‘l va yelka o‘mrov 
muskullari uchun mashqlar, qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish, 
yuqoriga va yonga bukish va cho‘zish, ko‘krak oldida 
chalishtirish va yonga uzatish, qo‘llarni orqaga yashirish
chapak chalish, bosh ustida chapak chalish, qo‘llarni oldinga 


-
125
-
va orqaga siltash (qo‘llar pastda), pastga-yuqoriga (qo‘llar yon 
holatda), qo‘llarni bosh ustida va oldinga silkitish. 
Shuningdek, mashqlarni turli xil predmetlar (shaqildoqlar, 
kubiklar, lentachalar, ro‘molchalar) bilan turlicha holatlarda 
bajarish. 
Oyoqlar uchun mashqlar. 
Turgan joyida yurish, oldinga, 
yonga, orqaga qadam tashlash. Oyoq uchida ko‘tarilish, 
oyoqni oldinga qo‘yib, tovon bilan turish, oyoq barmoqlarini 
qimirlatish. 
Gavdani rivojlantiruvchi mashqlar
. O‘ng va chapga 
o‘girilish, qo‘llarni yengil silkitgan holda predmet yonida 
turgan bolaga uzatish. Oldinga va turli tomonga engashish. 
Polda o‘tirgan holda oyoqlarni bukish va yozish. Chalqancha 
yotgan holda oyoqlarni yuqoriga ko‘tarish va tushirish, qo‘llar 
va oyoqlarni bir vaqtda birgalikda qimirlatish. Tizzalab o‘tirib, 
tovonda o‘tirish va turish. Qorin bilan yotgan holda qo‘llarni 
va oyoqlarni ko‘tarish, yonboshdan-yonboshga ag‘darilish. 

Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin