Microsoft Word Bojxona nazariyasi doc


Bojxona ombori faoliyatini lisenziyalashni tashkil etish



Yüklə 392,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/51
tarix02.01.2022
ölçüsü392,64 Kb.
#38084
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51
bojxona nazariyasi (2)

1.5 Bojxona ombori faoliyatini lisenziyalashni tashkil etish 
 
Bojxona ombori - o’z ichiga binolar va (yoki) ochiq 
maydonchalar hududini olgan va tovarlarii vaqtincha saqlash va 


 
18
(yoki) bojxona ombori rejimlarida bojxona nazorati ostida saqlash 
uchun mo’ljallangan, maxsus ajratilgan va jihozlangan joylardir. Uni 
respublika yuridik shaxsi yoki bojxona organi ta`sis etadi va ochiq 
yoki yopiq turda bo’lishi mumkin. Ochiq turdagi bojxona omboridan 
har qanday shaxs foydalana oladi, yopiq turdagisi esa muayyan 
shaxslarning, odatda, ombor egasining tovarlarinni saqlash uchun 
yoki muayyan tovarlarni, shu jumladan aylanishi cheklangan 
tovarlarni saqlash uchun mo’ljallangan. Respublika bojxona organlari 
ta`sis etadigan bojxona omborlari ochiq turdagi bojxona omborlari 
hisoblanadi. 
Bugungi kunda respublikada 380 dan ortiq bojxona ombori 
faoliyat ko’rsatyapti, ularning anchagina qismi yopiq
 
turda. Shu 
yilning birinchi yarmida o’tkazilgan inventarizasiyadan keyin bir 
necha o’nlab bojxona ombori qonun talablariga nomuvofiqligi sababli 
lisenziyadan mahrum qilindi. 
Bojxona omborining faoliyatini litsenziyalash - Davlat bojxona 
qo’mitasi va uning timsolida hududiy bojxona boshqarmalarining xos 
huquqidir. Lisenziya egaligida bojxona ombori sifatida foydalanish 
uchun mo’ljallanayotgan hudud, ombor va yordamchi binolar bo’lgan 
yuridik shaxsga – rezidentga, ular Bojxona ombori faoliyatini 
lisenziyalash to’g’risida nizom talablariga muvofiq bo’lishi sharti 
bilan, besh yilga beriladi. Talabgorning arizasiga ko’ra lisenziya besh 
yildan kam muddatga ham berilishi mumkin. 
Lisenziya olish uchun talabgor lisenziyalovchi organga Bojxona 
ombori faoliyatini lisenziyalash to’g’risida nizomda belgilangan 
ro’yxatdagi hujjatlarni taqdim etishi
 
kerak. Lisenziya berish yoki 
lisenziya berishni rad etish to’grisidagi qaror uni qabul qilish kunida 
ekspert komissiyasining ko’rishiga kiritiladigan barcha zarur hujjatlar 
bilan birgalikda lisenziya talabgorining arizasi olingan kundan 


 
19
boshlab o’ttiz kundan ortiq bo’lmagan muddatda qabul qilinadi, 
Ekspert komissiyasi ularni o’rganib chiqqach, yigirma kundan ortiq 
bo’lmagan muddatda ekspert xulosasini tayyorlaydi. Bojxona organi 
unga asoslanib besh kun ichida qaror qabul qiladi va undan lisenziya 
talabgorini uch kun mobaynida xabardor qiladi. Lisenziya berish 
to’g’risidagi arizani ko’rib chiqqanlik uchun, lisenziyalovchi organ 
qanday qaror qabul qilishidan qat’i nazar, mamlakatimizda belgilan-
gan eng kam ish haqining besh baravari miqdorida yig’im
 
undiriladi. 
Lisenziya berganlik va uning amal qilishini uzaytirganlik uchun esa 
eng kam ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi, 
u davlat bojiga kirim qilinadi. 
Shuni aytish lozimki arizani ko’rib chiqish bosqichida bojxona 
organlari bojxona omborining konstruksiyasi, jihozlanishi va 
joylashgan joyiga nisbatan aniq talablarni belgilashga haqlidir. 
Chunonchi, bojxona omboriga yondashgan, bojxona nazorati zonasi 
hisoblangan hudud to’rt
 
tomonidan panjara bilan o’rab olinishi hamda 
o’zbek, rus hamda ingliz tillarida "bojxona nazorati zonasi" degan 
belgi o’rnatib qo’yilishi, katta yuk transportining unga kirib chiqish 
imkoniyati ta`minlanishi, shuningdek hududida bojxona omborining 
bir qismi hisoblanmagan imorat va inshootlarga ega bo’lmasligi kerak. 
Bojxona ombori doimo soz, ishlash holatidagi va uning bir 
me`yorda faoliya

ko’rsatishi uchun yetarli bo’lgan yuk ortish-
tushirish va transport vositalari ombor asbob-uskunalari, aniqligi va 
o’lchov doirasi saqlash uchun mo’ljallangan tovarlarning xususiyatiga 
muvofiq keladigan tovarlarni tarozida tortish vositalari, aloqa 
vositalari (shu jumladan telefon, faks), tashkiliy texnika, mebel, 
boshqa zarur jihozlar bilan ta`minlangan bo’lishi kerak. 
Bojxona ombori faoliyatini lisenziyalash to’g’risida nizomga 
muvofiq lisenziyalovchi organ bojxona omborlari egalarining 


 
20
reyestrini yuritadi. Davlat bojxona qo’mitasi olti oyda kamida bir 
marta bojxona organlarining rasmiy nashrlarida bojxona omborlari 
egalari reyestri, bojxona omborlari ro’yxatini, shuningdek reyestr va 
ro’yxatga kiritilayotgan o’zgartirishlarni e`lon qilinishi kerak. 
Egasi bojxona organlari hisoblangan bojxona omborlari bojxona 
omborlari egalari reyestriga kiritilmaydi. 

Yüklə 392,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin