10
oshiradi. Shuni alohida aytib o’tish lozimki,
xohlagan tizimning
belgisi bo’lib ma`muriy bo’ysunish hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan
bojxona nazorati tizimiga qator davlatlar tijorat tashkilotlar
uyushmalarini kiritmaslik maqsadga muvofiq. Zero ular o’z faoliyati
davomida alohida bojxona masalalarni echish bilan shug’ullansalarda
mahalliy va markaziy bojxona boshqarmalariga bo’ysunmaydi.
Bojxona xizmati termini keng va tor ma`noda ishlatilishi
mumkin.
Bojxona kodeksiga ko’ra respublika bojxona hududi –
quruqlikdagi hudud, hududiy va ichki suvlar hamda ular ostidagi
havo makoni, o’z ichiga mutloq iqtisodiy
zonasida joylashgan bojxona
ishiga nisbatan mutloq yuristiksiyaga ega bo’lgan suniy orollar,
qurilma va inshootlarni oladi. Qonunda belgilangan holatlardan
tashqari erkin bojxona zonalari va erkin omborlaridagi hududlar
mamlakat bojxona hududidan tashqari joylashgan hududlar sifatida
qaraladi.
Bojxona chegarasi tushunchasi respublika
davlat chegarasi bilan
muvofiq keladi va mamlakat hududida mavjud bo’lgan erkin bojxona
zonalari va erkin omborlar hududlari bundan istisno bo’lishi mumkin.
Bojxona boshqaruvi tizimi tor ma`noga ega. Bu faqatgina
bojxona ishida hukumat mexanizmi bilan bog’liq faoliyat shakllarini
o’z ichiga oladi.
Bojxona ishi boshqaruvi bojxona siyosatini hayotga tatbiq etish
va yuqori davlat organlari
Qonunchilik xokimiyati, Prezident, Vazirlar
Mahkamasi majburiyatlari tarkibiga kiritiladi.
Bojxona nazorati – bojxona organlari tomonidan qonun
hujjatlariga va xalqaro shartnomalarga rioya etilishini ta`minlash
maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidir.
11
Bojxona rasmiylashtiruvi – bojxona organlarining mansabdor
shaxslari tomonidan tovarlar va transport
vositalari ustidan bojxona
nazoratini ta`minlash maqsadlarida o’tkaziladigan operasiyalar
majmui.
Bojxona ta`minoti – bojxona organlari tomonidan plombalar,
muhr qo’yish, raqamli, harfli va boshqa tamg’alar identifikasiya
belgilari va shtamplarini qo’yish yo’li bilan amalga oshiriladigan
transport
vositalari va tovarlar, xonalar va boshqa joylarni bojxonada
identifikasiyalash vositasi.
Bojxona rejimi – respublika bojxona chegarasi orqali olib
o’tiladigan tovarlar va transport vositalari maqomini belgilaydigan
qoidalar majmui.
Dostları ilə paylaş: