6
Kirish
Ko’p davlatlar ishbilarmonlari o’zlarining ichki bozoriga tashqi
raqobatchilarni kiritishga qarshidirlar. Ushbu holatni tushunish oson,
ya`ni ichki ishbilarmonlar tashqi raqobat
xarajatlarini kamaytirishga,
sifatni oshirishga, quvvatsizlanmaslikka majbur bo’ladi. Xaridorlar esa
orzon va imkoni boricha sifatli mahsulot sotib olishdan manfaatdorlar.
Ushbu holat ko’plab davlatlarning siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini
ifodalovchi va iqtisodiyotda chuqur islohatlarni olib borishni talab
qiladi. Davlat ushbu holatda shunday
bojxona siyosatini amalga
oshirishi lozimki, mamlakat to’laligicha manffaatga ega bo’lishi,
shuningdek ichki bozorga import tovarlarining kirib kelishini
kamaytirishni bosqichma-bosqich amalga oshirishi lozim.
Korxonaning tovar siyosatini belgilashda ilmiy-texnik
mahsulotlar bozorining ta`siri katta. Ilmiy-texnik mahsulotlar bozori
deganda yangi texnologiyani kashf qilgan ixtirochilar bilan shu
kashfiyotga egalik qilish huquqini sotib oluvchilar o’rtasidagi
aloqalar
tushunilddi. Ilmiy-texnik mahsulotning ob`ekti sifatida loyiha
muhandislik mahsulotlar, ilmiy-texnik hujjatlar, informasion
xizmatlar va ilmiy adabiyotlar ko’rib chiqiladi.
Ilmiy-texnik
mahsulotlarga egalik qilishga ilmiy tadqiqot va konstruktorlik
tajribalarini doimo olib boruvchi ilmiy tashkilotlarga ruxsat beriladi.
Ushbu ilmiy-texnikaning so’ngi yutuqlari mamlakatga xorijni
imtiyozlar asosida olib kelinishi muhimdir va o’z navbatida
respublikaning shunga o’xshash yutuqlar eksport qilinishi jadal
ravishda olib borilishiga
bojxona tarif siyosati, preferensiyalari va
nazorati yordam berishi dalzarb vazifadir.
Iqtisodiy nuqtai nazardan rivojlangan har bir davlat
iqtisodiyotga bilvosita ta`sir etish va o’z daromadlarini
shakllantirishda bojxona soliq va yig’imlarining bir butun tizimini
7
qo’llaydi. Bu tizim, asosan to’g’ri va bilvosita
soliqdardan iboratdir-
bilvosita (egri) soliqlar tizimiga bojxona organlari tomonidan
undiriladigan, qo’shilgan qiymat aa aksiz soliqlari hamda bojxona
yig’imlari kiradi. Ushbu boj soliq va yig’imlari ikki va ko’p
tomonlama olinmaslikka erishish g’oyat muhim masaladir.
O’quv qo’llanmada quyidagi savollar yoritilgan:
- bojxona faoliyatining va organlarining menejmenti;
- bojxona yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi
tuzilmalari;
- mamlakatning
bojxona siyosati;
- bojxona nazoratini amalga oshirish;
- bojxona rejimlari;
- bojxona to’lovlari;
- xorij mashinalarini import jarayonida boj stavkalarining
nazariy hisobi;
- bojxona to’lovlarini kechiktirib yoki bo’lib-bo’lib to’lash
imkoniyatini berish tartibi va nazariy hisobi;
- tovarlarning
bojxona qiymatini aniqlash;
- bojxona rasmiylashtiruvi va deklarasiyasi;
- elektron deklarasiyalash tizimi;
- bojxona statistikasi;
- tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona munosabatlari.