30
huquqbuzarliklar bo’yicha mavjud materiallar to’g’risidagi axborotni,
shuningdek boshqa axborotni qonun hujjatlarida va bitimlarda
belgilangan tartibda o’zaro almashadilar.
Bojxona organlari o’z vakolatlari doirasida chiqaradigan hamma
uchun majburiy tusdagi hujjatlar tegishli vazirliklar, idoralar bilan
kelishinishi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan
o’tkazilishi lozim. Bojxona organlari qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda o’z vakolatlariga kiradigan ayrim harakatlarning boshqa
organlar va tashkilotlar tomonidan bajarilishiga yo’l qo’yadilar.
Bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta`minlash
maqsadida banklar va boshqa moliya – kredit tashkilotlari:
- xo’jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan byudjet oldidagi
majburiyatlarning bojxona to’lovlariga oid qismining
bajarilishi to’g’risidagi bojxona organlarining xulosasiga
binoan ana shu sub`ektlarning hisob-kitob va boshqa
hisob varaqalarini yopishlari mumkin;
- belgilangan muddatlarda to’lanmagan bojxona to’lovlari va
jarima summalarini xo’jalik sub`ektlaridan so’zsiz tartibda
undirib olish to’g’risidagi bojxona organlarining
farmoyishlarini (inkassa topshiriqlarni) bajaradilar;
- xo’jalik sub`ektlarining so’mdagi mablag’lari yetishmasa va
valyuta hisob varaqalarida mablag’lari mavjud bo’lsa,
bojxona organlarining taqdimnomasiga binoan mazkur
valyuta mablag’larini valyuta birjasida sotish kunidagi kurs
bo’yicha byudjet oldidagi qarzni qoplash uchun zarur
hajmlarda so’zsiz sotishni amalga oshiradilar.
Dostları ilə paylaş: