21
Bojxona organlari qonun hujjatlariga muvofiq o’z faoliyatini
davlat hokimiyati mahalliy organlaridan mustaqil tarzda amalga
oshiradilar. Bojxona organlari o’z vakolatlari doirasida qabul
qiladigan qarorlar barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro
etilishi shart. Bojxona organlari huquqini muhofaza qiluvchi organlar
hisoblanadi va davlat byudjeti mablag’laridan ta`minlanadi.
Respublika Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o’z
nomi bilan
bitilgan muhrga ega.
Bojxona organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun
bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;
- respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va o’z
vakolati doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash;
- bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda
ishtirok etish;
- bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat
qilish;
- bojxona to’lovlarini undirish;
- bojxona nazoratidan o’tkazilishi kerak bo’lgan tovarlar va
transport vositalari shunday nazoratdan o’tkazilishini
ta`minlash;
- bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishini,
shu jumladan
kontrabandaning oldini olish, uni aniqlash va ularga chek
qo’yish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatga doir bojxona statistikasini hamda
tovar nomenklaturasini yuritish, respublika xalqaro
shartnomalarining bojxona ishiga oid qismidan kelib
chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta`minlash.
22
Bojxona organlari o’z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga
egadirlar:
-
tovarlar
va transport vositalarini, qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollarda esa, jismoniy shaxslarning o’zini ko’zdan kechirish,
yuridik va jismoniy shaxslardan ko’zdan kechirish uchun tovarlar va
transport vositalarini, shuningdek zarur hujjatlarini taqdim etishni
talab qilish, valyuta nazoratini amalga oshirish, moliya, bank va
boshqa tashkilotlardan shuningdek yuridik
va jismoniy shaxslardan
eksport-import operasiyalarini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan
axborot va hujjatlarni hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa
axborotni olish, bojxona nazoratidan o’tkazish maqsadida tovarlar
hamda boshqa buyumlardan namuna va nusxalar olish, bojxona
nazoratidan o’tkazilishi lozim bo’lgan tovarlar saqlanayotgan
hududlarga va binolarga belgilangan tartibda kirish, bojxona haqidagi
qonun hujjatlarining buzilishiga doir materiallarni
belgilangan
tartibda ko’rib chiqish hamda jismoniy va yuridik shaxslarni qonun
hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish, bojxonaga oid
huquqbuzarliklarning bevosita predmeti bo’lgan tovarlar va transport
vositalarini qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda ushlab
turish hamda olib qo’yish, surishtiruv o’tkazish va tezkor-qidiruv
faoliyatini amalga oshirish, bojxonaga oid huquqbuzarliklarni
aniqlashga xizmat qiladigan texnikaviy va maxsus vositalarni qo’llash.
Bojxona
organlari majburiyatlari, bojxona organlari:
- yagona davlat bojxona siyosatini ro’yobga chiqarishda ishtirok
etishga;
- bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etishni, bojlar to’g’ri
hisoblanishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishini nazorat
qilishga;
23
- davlat xavfsizligini, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning
hayoti va sog’ligini himoya qilish,
atrof-muhitni muhofaza
etish chora-tadbirlar amalga oshirilishiga ko’maklashishga;
- yuridik va jismoniy shaxslarni tovarlar va transport vositalarini
olib o’tish hamda bojxona chegarasidan o’tish vaqtidagi
huquqlari va majburiyatlari to’g’risida u vaqtida xabardor
qilishga;
- o’z xizmat vazifalarini bajarilishi natijasida o’zlariga ma`lum
bo’lib qolgan davlat siri va tijorat siri hisoblangan axborotni
oshkor etmaslikka majburdirlar.
Dostları ilə paylaş: