Microsoft Word Bojxona nazariyasi doc


bob. Bojxona nazoratini amalga oshirish



Yüklə 392,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/51
tarix02.01.2022
ölçüsü392,64 Kb.
#38084
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51
bojxona nazariyasi (2)

 
3 bob. Bojxona nazoratini amalga oshirish 
 
3.1 Bojxona nazoratining shakllari, tartibi va chegaralari 
 
Bojxona nazorati zonalari bojxona chegaralari bo’ylab, bojxona 
rasmiylashtiruvi joylarida, bojxona organlari joylashgan yerlarda va 
bojxona organlari tomonidan belgilanadigan boshqa joylarda tuziladi. 
Bojxona nazorat zonalarini tuzish va belggilash tartibi qonun 
hujjatlarida belgilanadi. 
Bojxona nazorati zonalarida ishlab chiqarish, tijorat faoliyatini va 
boshqa faoliyatni amalga oshirishga, shuningdek ularning chegaralari 
orqali transport vositalari, tovarlar va shaxslarni olib o’tishga bojxona 
organlarining ruxsati bilan va nazorati ostida yo’l qo’yiladi. 
Tovarlar va transport vositalarini bojxona ko’rigidan o’tkazish 
tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib 
o’tishning qonuniyligini aniqlash, ularni hisobga olish, boj, soliqlar, 
yig’imlar olish, shuningdek olib kirish, olib chiqish va tranzit qilish 
taqiqlangan tovarlar bojxona chegarasi orqali o’tishning hamda 
bojxona hududi orqali tranzit tartibida o’tishning mansabdor shaxslar 
tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega 
bo’lgan shaxslar tovarlar va transport vositalarini ko’zdan kechirish 
paytida hozir bo’lishiga haqlidir, bojxona organlari mansabdor 
shaxslarning talabiga ko’ra, esa tekshirish paytida hozir bo’lishlari va 
bojxona organlarining mansabdor shaxslariga zarur yordam 
ko’rsatishlari shart. 
Tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega 
shaxs bo’lmagan taqdirda, transport vositalarini boshqaruvchi shaxs 


 
40
bojxona maqsadlari uchun vakolatli shaxs deb hisoblanadi. Tovarlar 
va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega bo’lgan shaxslar 
yo’qligida bojxona organlari quyidagi hollarda tovarlar va transport 
vositalarini ko’zdan kechirishga haqli: 
-  ular tovarlar va transport vositalarini taqdim etilganidan 
so’ng o’n kun o’tganidan keyin kelmagan bo’lsa; 
-  davlat xavfsizligi, jamoat tartibiga, inson hayoti va sog’ligiga, 
hayvonot va o’simliklar, atrof tabiiy muhitga, 
respublikaning badiiy, tarixiy va arxeologik boyliklari 
saqlanishiga xavf mavjud bo’lganda va kechiktirib 
bo’lmaydigan boshqa holatlarda; 
-  tovarlar va xalqaro pochta jo’natmalari orqali yuborilgan 
bo’lsa; 
-  tovarlar va transport vositalari ular joylashtirilgan bojxona 
rejimini buzgan holda bojxona hududida qoldirilgan bo’lsa. 
Shaxsni ko’zdan kechirish bojxona orqali o’tayotgan yoxud 
bojxona nazorati zonasida yoki xalqaro aloqa uchun ochiq 
aeroportning tranzit zonasida turgan jismoniy shaxs qonun hujjatlarini 
buzish ob`ektlari hisoblanuvchi  tovarlarni o’z yonida yashiryapti va 
ko’rsatmayapti deb hisoblashga asoslar bo’lgan taqdirda bojxona 
organi mansabdor shaxsning qaroriga binoan qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda o’tkaziladi. 
Bojxona nazorati ostida bo’lgan hujjatlar, tovarlar transport 
vositalari, binolar va boshqa joylarni bojxona qiyoslashidan o’tkazish 
ularga plombalar, muhrlar qo’yish, raqamli, harfli, va boshqa markalar 
bosish qiyoslash belgilarini qo’yish, shtamplar bosish, namunalar, 
nusxalar olish, tovarlar va transport vositalarini ta`riflash, ularning 
chizmalarini tayyorlash, masshtabli tasvirlar, fotosuratlar, 
illyustrasiyalar tayyorlash, tovarlarga ilova qilingan va boshqa 


 
41
hujjatlardan hamda o’zga qiyoslash vositalaridan foydalanish orqali 
ta`minlanadi. 
Qiyoslash vositalari faqat bojxona organlari tomonidan yoki 
ularning ruxsati bilan o’zlashtirishi, olib tashlanishi yoki yo’q qilinishi 
mumkin, tovarlar va transport vositalarining yo’q bo’lib ketishi, ularga 
qayta tiklab bo’lmaydigan darajada putur etkazishi yoki ularning 
jiddiy buzilishi xavfi tug’ilgan hollar bundan mustasno, qiyoslash 
vositalari o’zgartirilganligi, olib tashlanganligi yoki yo’q qilinganligi 
to’g’risida bojxona organlariga darhol ma`lum qilinadi va bunday xavf  
mavjud  bo’lganligini isbotlovchi dalillar taqdim etiladi. 
Bojxona organlar bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va 
transport vositalarini, shuningdek boj to’lovlari to’lanmagan yoki boj 
to’lavlari yuzasidan bojxona imtiyozlari berilgan inventarizasiyadan 
o’tkazishga haqlidir. 
Bojxona organlari qonun hujjatlariga muvofiq shaxslarning 
nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni 
tekshirishga haqlidir. 
Bojxona organlari bojxona nazoratini o’tkazishda, qoida 
tariqasida, nazoratning qonun hujjatlariga rioya etilishini ta`minlash 
uchun yetarli bo’lgan shakllarni qo’llaydilar. 
Zarurat bo’lganda bojxona organlari, agar qonun hujjatlarida 
boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa, bojxona nazoratining 
ushbu Bojxona Kodeksida belgilangan barcha shakllaridan 
foydalanishlari mumkin. 
Bojxona nazoratining muayyan maqsadlaridan ozod qilish 
respublikaning qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga muvofiq 
amalga oshiriladi. 
Respublika Qonunchilik hokimiyati deputatlari va respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi a`zolarining shaxsiy bagaji, agar mazkur shaxslar 


 
42
xizmat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda respublika bojxona 
chegarasidan o’tayotgan bo’lsalar, bojxona tekshiruvidan ozod 
qilinadi. 
Chet el harbiy kemalari, jangovor va harbiy – transport havo 
kemalari, shuningdek o’zi yurib kelayotgan harbiy texnikasi bojxona 
tekshiruvidan ozod qilinadi. 
Tovarlar va transport vositalari chiqishiga ruxsat berilganidan 
keyin, agar qonun hujjatlari buzilgan deb taxmin qilish uchun asoslar 
mavjud bo’lsa, tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan 
o’tkazilishi mumkin. 
Ko’rsatib o’tilgan hollarda bojxona organlari tovarlar va 
transport vositalarini mavjudligini tekshirishga ularni takroran 
bojxona tekshiruvidan o’tkazishga, bojxona deklarasiyasida 
ko’rsatilgan ma`lumotlarni qayta tekshirishga, ushbu tovarlar bilan 
amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy va keyingi tijorat operasiyalarga 
daxldor hujjatlar va boshqa ma`lumotlarni tekshirishga haqlidir. 
Tekshirish deklarant turgan joyda, ko’rsatib o’tilgan operasiyalarga 
bevosita yoki bilvosita aloqasi bo’lgan yoki zarur hujjatlarga ega 
bo’lgan har qanday boshqa shaxs turgan joylarda o’tkazilishi mumkin. 
Huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda shaxslar qonun hujjatlariga 
muvofiq javobgar bo’ladilar. 
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari xizmat guvohnomasi 
asosida bojxona nazoratidan o’tkazilishi kerak bo’lgan tovarlar va 
transport vositalarini bojxona nazorati uchun zarur bo’lgan hujjatlar 
mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan yoxud nazorat qilish bojxona 
organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyat amalga oshirilayotgan hudud 
va binolarga kira olish huquqiga ega, respublika qonun hujjatlarida 
yoki xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollar bundan 
mustasno. 


 
43
Bojxona organlari bojxona nazoratini o’tkazishda yordam 
ko’rsatish uchun qonun hujjatlariga muvofiq mutaxassislar va 
ekspertlarni jalb etishga haqli.                                             
Bojxona nazorati bojxona organlarining mansabdor shaxslari 
tomonidan quyidagi yo’llar bilan o’tkaziladi: 
-  bojxona maqsadlari uchun zarur bo’lgan hujjatlar va 
ma`lumotlarni tekshirish;  
-  jismoniy va mansabdor shaxslarni og’zaki so’rab-
surishtirish; 
-  bojxona ko’rigidan o’tkazish; 
-  tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa joylarni 
bojxona tomonidan qiyoslash; 
-  tovarlar va transport vositalarini hisobga olish; 
-  hisobga olish va hisobot tizimini tekshirish
-  bojxona nazoratidan o’tkazilishi lozim bo’lgan tovarlar va 
transport vositalari turishi mumkin bo’lgan yoxud nazorat 
qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyat 
amalga oshirilayotgan hududlar, binolar va boshqa joylarni 
tekshirish; 
-  qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda.  
Bojxona nazorati o’tkazilayotganda inson, hayvonot va 
o’simliklar hayoti va sog’ligi uchun xavfsiz bo’lgan, hamda tovarlar va 
transport vositalariga ziyon etkazmaydigan texnikaviy va boshqa 
vositalar qo’llanilishi mumkin. 
 
 
 
 
 


 
44

Yüklə 392,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin