31
2.5 Yagona avtomatlashgan axborot tizimining (YaAAT)
maqsadlari va vazifalari
Ilmiy iexnika jarayonlarini jadallashtirishning muhim omillaridan
biri boshqaruvni uning barcha bo’g’inlarida boshqarish shakli va
usullarini takomillashtirishdan iboratdir.
Hisoblash texnikasining zamonaviy vositalarini foydalanish
asosida iqtisodiy-matematik usullarini qo’llash va aloqa vositalaridan
foydalanish boshqarish tizimini bundan buyon takomillashtirish uchun
yangi imkoniyatlar yaratadi.
Iqtisodiy-matematik usullar va hisoblash texnikasi vositalaridan
foydalanishning muhim yo’nalishlaridan biri boshqaruvning
avtomatlashgan tizimini barpo etish bo’ladi.
Respublika Davlat bojxona qo’mitasining yagona
avtomatlashgan axborot tizimi, bojxona faoliyatlari jarayonlarini
boshqarishning avtomatlashgan tizimidan iboratdir.
Respublika bojxona xizmatining YaAAT ning asosiy vazifasi
davlatning yagona bojxona siyosatini va bojxona organlarini
boshqarishning amalga oshirish hamda uning samaradorligini
shakllantirish hisoblanadi.
YaAAT bojxona xizmatining asosiy axborot texnologiyasini
amalga oshirish vositasi deb tushuniladi.
YaAAT ning rivojlanishi, bu soha bo’yicha yangi axborot
texnologiyalarining bosqichma – bosqich yaratilishi va joriy qilinishi
sohalarining zamonaviy – texnikaviy komplekslarga asoslangan
jarayonlardir.
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, respublika Davlat
bojxona qo’mitasining YaAAT vazifalari quyidagilardan iborat:
32
Respublika Davlat bojxona qo’mitasi bo’linmalari va hukumat
organlarini bojxona statistikasini yuritish uchun zarur bo’lgan
ma`lumotlar bilan taominlash:
- bojxona organlarini boshqarishning barcha bo’g’inlarida
tashkiliy-iqtisodiy tizimni takomillashtirish;
- tovarlarning hujjatlarini rasmiylashtiriluvini avtomatlashtirish;
- chegaradan o’tayotgan yo’lovchilarning yuklarini bojxona
nazoratindan o’tkazishning samaradorligini oshirish;
- bojxona to’lovlarini hisoblashni nazorat qilish va
markazlashgan holda, ularni undirib olishni ta`minlash;
- kontrabanda va bojxona qoidalarini buzishga qarshi kurash
ishlarini ma`lumotlar bilan qo’llab-quvvatlash;
- notarif ravishda tartibga solish, ruxsatnomalar va
cheklashlarni nazorat qilish usullari va vositalarini
takomillashtirish;
- tashqi iqtisodiy faoliyatning bojxona bank nazoratida valyuta
nazoratida amalga oshirish maqsadida va boshqalarda
axborot texnologiyasini yaratish.
Respublika bojxona xizmatining YaAATiga asosan
respublikaning mustaqillikka erishganidan so’ng rivojlanib, bojxona
axborot texnologiyasining barcha bosqichlarida bojxona postidan
Davlat bojxona qo’mitasining markaziy apparatigacha bo’lgan
rivojlanishning ajoyib vositasiga aylanadi.
DBQ yagona avtomatlashgan axborot tizimining keyingi
rivojlanish va takomillashish asoslaridan biri, respublika bojxona
siyosatini ketma – ket va bosqichma-bosqich ahamiyatini
oshirishning kompleks dasturi hisoblanadi.
YaAAT o’xshash tizimlar barcha rivojlangan mamlakatlarning
barcha bojxona xizmatlarida mavjuddir.
33
Masalan, AQSh, Angliya, Fransiya, Germaniya kabi
mamlakatlarida bunday tizimlar bojxona qoidalariga moslashtirish
asosida 20 yildan ortiq vaqt ichida yaratilib foydalaniloqda.
YaAATning bosqichma-bosqich dasturini amalga oshirish
bo’yicha ishlarni tashkil qilish uchun DBQ qoshida Bosh ilmiy-
axborot hisoblash markazi (BIAHM) tashkil qilinib, YaAATni
yaratishni joriy qilish va foydalanishni tashkil qilish yuzasidan ilmiy
ishlab chiqarish tashkiloti hisoblanadi.
Respublikai bojxona organlarining murakkab, ko’p bosqichli
tizimlar tarkibini va ularning ko’p qirrali xizmatlari va vazifalarini
hisobga olib, bojxona xizmatining YaAAT yaratishda RDBQ va uning
asosiy tarkibiy bo’linmalari (boshqarishning I –bosqichi),
ixtisoslashtirilgan va hududiy bojxona boshqarmalari (boshqarishning
II – bosqichi), bojxona (boshqaruvining III – bosqichi), chegara oldi
va ichki bojxona postlari (boshqarishning IV – bosqichi) tashkil
topdi.
Bularning hammasi YaAATning bojxona organlari tizimi va
ularga xizmat ko’rsatish bo’linmalarining murakkab tarkibini
belgilaydi.
Tarkib topgan YaAAT xususiyatlaridan biri shuki, ular turli
xildagi hujjatlar aylanishi ob`ektlarini axborot bilan ta`minlashga
mo’ljallangan.
Respublika bojxona organlarida hujjatlar aylanishi va
boshlang’ich axborotlarning asosiy hajmini bojxona yuk bayonotlari
(BYuB) tashkil qiladi. Bojxona yuk bayonotlarining mamkalat
bojxonalariga tushishi turlicha bo’lib, har oyda 7-8, ayrim davrlarda
20-30 mingtani tashkil etadi.
34
Har oydagi bojxona yuk bayonotlarining o’rtacha oylik
ko’rsatkichlariga nisbatan ortib borishi ham turli bojxonalarda turlicha
bo’lib, ular o’rtacha 60-350 foizni tashkil etadi.
YaAAT asosiy maqsadlari.
YaAAT tuzishning asosiy maqsadi
amaldagilarni takomillashtirish, shuningdek yangi avtomatlashgan
bojxona axborot texnologiyalarni yaratish va rivojlantirish, zamonaviy
dastur texnika vositalariga asoslangan tuzilishni yaratishdir.
Respublika DBQning YaAAT birinchi navbatda axborot
texnologiyasining asosiy vositalarini amalga oshiradi, bunda bojxona
organlarining barcha darajadagi vazifalarini ta`minlaydi (bojxona
postlari va bojxona rasmiylashtiruvidan tortib DBQ markaziy
apparatiga qadar).
Kompyuter texnikasini joriy qilish va birinchi navbatda YaAAT
dasturi bilan ta`minlashda, avvalo, DBQ markaziy apparatidagi
vujudga kelgan muammolarni hal etish uchun amalga oshiriladi.
Avtomatlashtirish yuqoridan pastga qarab joriy qilinadi.
Natijada respublika bojxona organlarida baquvvat texnika
imkoniyatlari vujudga kelib, ular kompleks avtomatlashtirish
vazifalarini yechishga kirishish, alohida ish joylarini
avtomatlashtirishdan muvofiqlashtirish tizimlariga va bojxona axborot
texnologiyalarini avtomatlashtirishga kirishish imkoniyatlarini
yaratadi.
YaAATning ikkinchi navbati amaldagi avtomatlashgan tizimning
yangi dasturiy-texnikaviy va texnologiya harakat dasturining
mantiqiy rivojlanishidir.
Yangi dasturiy-texnikaviy harakat dasturi deyilganda,
hisoblash texnikasining zamonaviy kuchli vositalari va
telekommunikasiyalari bilan birgalikda, taraqqiy umumtizimli dasturiy
vositalar tushuniladi, ya`ni Windows, Unix jarayonlar tizimi, Windows,
35
Nouell tarmoq jarayonlar tizimlari, ORASLE CASE to’plamiga
kiruvchi tizimni loyihalash.
Yangi dasturiy texnikaviy harakat dasturini qo’llash:
- avtomatlashtirilgan vazifalarni kengaytirish imkoniyatlarini
yaratadi;
- tizimning faollik ko’rsatish yuzasidan ishonchini oshiradi;
- axborotlarni ruxsat etilmagan shaxslar tomonidan
foydalanishdan himoya qilishda samarali qismlarini joriy
qilish imkoniyatlarini yaratadi.
Shu boisdan YaAAT tizimining ikkinchi navbatini
yaratilayotishdagi asosiy vazifalardan biri, mavjud tizimlarning
vorisligi, birgalikda ishlatilayotgan va yangidan yaratiladigan, yoki
takomillashtiriladigan (ikkinchi navbat doirasida) amaliy va
umumtizim dasturiy vositalarini ta`minlashdan iborat.
Bojxona qo’mitasi YaAAT ning yuqorida bayon etilgan tizimini
yaratish va rivojlantirish maqsadlariga erishish quyidagilar hisobiga
ta`minlanadi:
- YaAAT apparat-dasturiy harakat dasturini rivojlanishi va
takomillashuvining zamonaviy kompyuter va
telekommunikasiya va axborot texnologiyasi asoslaridagi
darajalariga erishish;
- bojxona hujjatlarining qisman qog’ozsiz texnologiyalaridan
foydalanishga o’tish va elektron hujjatlarni joriy etish;
- elektron pochtalardan foydalanish asosida bojxona
organlarida yagona axborot makonini yaratish, bojxona
organlari o’rtasida tezkor hamkorlikni ta`minlash,
shuningdek bojxona organlari va boshqa tashkilotlar bilan
aloqani mustahkamlash;
36
- bojxona jarayonlari, texnologiyalari, normativ asoslarni va
hujjatlarni shakllar va standartlarga keltirish;
- bojxona baholash holatlari va tovarlarning yangi xillarini
yaratishda ob`ektiv o’lchovlarni ishlab chiqish va joriy
qilish;
- tovarlarni tekshirib chiqish va rasmiylashtirish jarayonlarini
alohida ajratilgan holda o’tkazish;
- vaqt jihatidan uzoq nazorat muddatini talab etadigan
tovarlarni kuzatish va nazorat tizimini yaratish
(vaqtinchalik olib kelish, olib chiqish, reeksport, barter
jarayonlari, va boshqalar);
- xodimlarni eskilikka xos jarayonlar bilan band qilish
darajasini kamaytirish, bojxona organlari xodimlarini
tashqi iqtisodiy faoliyatning turli xildagi holatlarini chuqur
va mazmunli tahlil qilishga yo’naltirish, hisob-kitob
hujjatlarini tuzishda mehnat sarfini kamaytirish bilan
birgalikda ularning puxtaligini oshirish
- mizojlarga uzluksiz xizmat qilishni kafolatlash, ularning
bojxona organlari bilan aloqada bo’lishlarida qulayliklarni
oshirish.
Ishlab chiqilayotgan YaAAT tizimining ikkinchi navbatdagi
asosiy baholash me`yori bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:
- bojxona statistikasining aniq va puxtaligini oshirish;
- Davlat byudjetiga tushadigan bojxona to’lovlarini to’liq
undirish;
- bojxona nazoratining samaradorligini oshirish, bojxona
rasmiylashtiruvining xarajatlarini kamaytirish;
- bojxona xizmatlari vazifalarini hal etishning tezkorligini
oshirish;
37
- axborot-qidiruv, hisob-kitob va tashkiliy ishlarga
bo’ladigan vaqtinchalik va moliyaviy xarajatlarni
kamaytirish;
- bojxona organlarining moliyaviy jarayonlar bo’yicha ikki
tomonlama hisobotni yuritish (ustumalarni hisoblash va
bojxona to’lovlarini hisoblash nazorat qilish);
- tizimni himoya qilishning tegishli darajasini ta`minlash va
shunga binoan ma`lumotlarning oshkora bo’lishini
cheklash, tizimning axborot resurslaridan audit
tekshirishlari ma`lumotlaridan foydalanish (foydalanishga
urinish) ishlaridan himoya qilish;
- normativ-huquq asoslari o’zgargan paytlarda tizimning
barqarorligini qisqa vaqt ichida o’rnatish;
- tizimning jiddiy sharoitlarda tarkibiy qismlarning to’liq qilish
manbaolarini ta`minlash: apparat qismlari dasturiy ta`minot,
kommunikasiya va ma`lumotlarning yaxlitligi.
Dostları ilə paylaş: |