6.2 Bojxona qiymatini nazariy aniqlash
Bojxona qiymatini ushbu tenglama bilan aniqlash mumkin
Bq = Bn – As – Bt –Tf –Tx
Aksiz solig’i stavkasi As = Bq
Aksiz solig’i koeffisiyenti m =A/100
Tijorat foydasi Tf = R (Bn + As + Bt)
Tijorat foydasi koeffisiyenti R = Tf/100.
bu erda Bn – bozor narxi;
Oziq-ovqat mahsulotlari uchun bojxona qiymatini aniqlashda,
yagona bojxona to’lovlari 50%.
Bq = Bn/(( m +1,5) (1+R+r))
Nooziq-ovqat mahsulotlari uchun yagona bojxona qiymatini
aniqlashda bojxona to’lovlari 90% tarzda aniqlanadi.
Bq = Bn/(( m +1,9) (1+R+r))
Pivo, alkogol va tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig’i xos
stavkada berilganda:
As = v m D
ifodadan foydalaniladi,
bu erda v – parametr (hajm) o’lchovlari;
m – aksiz solig’ini xos stavkasi;
D – amer.dollarini milliy so’mga nisbatan kursi.
Bojxona qiymati quyidagicha topiladi:
Bq = (Bn- v m D (1+R+r))/ (1,9 (1+R+r))
83
1-misol.
Rossiyada ishlab chiqarilgan 1 kg Osyotr balig’ining
ikrasi respublikaning ulgurji bozoridagi narxi 50000 so’mni tashkil
qiladi.
Aksiz solig’ining stavkasi 30%, koeffisiyenti
m =
0,3. Tijorat
foydasi 20%, koeffisiyenti
R = 0,2. Transport va boshqa xarajatlar 5%,
koeffisiyenti
r =
0,05.
Jismoniy shaxslar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini olib
kelganda undiriladigan yagona bojxona to’lovi 50% bo’lganda
koeffisiyenti 50/100=0,5 bo’lganligi uchun 1 kg ikraning bojxona
qiymatini quyidagi tenglama bilan topamiz:
Bq = Bn/(( m +1,5) (1+R+r)) =50000/(( 0,3 +1,5) (1+0,2+0,05)) =
=22222,2 so’m
2-misol.
Pokistonda ishlab chiqarilgan charm kurtka
respublikaning ulgurji bozoridagi narxi 300000 so’mni tashkil qiladi.
Aksiz solig’ining stavkasi 20%, koeffisiyenti
m = 0,2. Tijorat
foydasi 20%, koeffisiyenti
R = 0,2. Transport va boshqa xarajatlar 5%,
koeffisiyenti r = 0,05.
Jismoniy shaxslar tomonidan nooziq-ovqat mahsulotlarini olib
kelganda undiriladigan yagona bojxona to’lovi 90% bo’lganda
koeffisiyenti 90/100 = 0,9 bo’lganligi uchun charm kurtkaning bojxona
qiymatini quyidagi tenglama bilan topamiz:
Bq = Bn/((m +1,9) (1+R+r)) =300000/((0,2 +1,9) (1+0,2+0,05)) =
=114285,7 so’m
3-misol.
Germaniyada ishlab chiqarilgan Mersedes Bens yengil
avtomobilning respublika ulgurji bozoridagi narxi 4000000 so’m,
dvigatel` hajmi
v
= 1500 sm
3
.
84
Aksiz solig’ining stavkasi m q 2,5 amer.dollori. Milliy valyutani
amer. dollariga nisbatan kursi
D
= 800 so’m.
Tijorat foydasi 20%, koeffisiyenti
R = 0,2. Transport va boshqa
xarajatlar 5%, koeffisiyenti r = 0,05.
Jismoniy shaxslar tomonidan nooziq-ovqat mahsulotlarini olib
kelganda undiriladigan yagona bojxona to’lovi 90% bo’lganda
koeffisiyenti 90/100 = 0,9 bo’lganligi uchun charm kurtkaning
Engil avtomobilning bojxona qiymatini quyidagi tenglama bilan
hisoblaymiz
Bq = (Bn - v m D (1+R + r))/ 1,9 (1+R+r) =
(4000000-1500x2,5x800(1+0,2+0,05))/ (1,9 (1+0,2+0,05)) =105263,15 so’m.
Dostları ilə paylaş: |