90
deklarasiyasida kodsiz ko’rinishda mavjud bo’lsa, kodli mu’lumotlarni
o’zgartirish yoki to’ldirish bundan mustasno.
Agar deklarant alohida sabablar tufayli batafsil bojxona
deklarasiyasini taqdim eta olmasa, bojxona organi qonun hujjatlarida
belgilanadigan tartibda muvaqqat yoki to’liq bo’lmagan bojxona
deklarasiyasini taqdim etish uchun ruxsat berishga haqli, bunda
muvaqqat yoki to’liq bo’lmagan bojxona deklarasiyasida bojxona
maqsadlari uchun zarur bo’lgan asosiy ma`lumotlar bayon etilishi va
yetishmayotgan ma`lumotlar bojxona organi belgilaydigan
muddatlarda taqdim etilishi shart qilib qo`yiladi.
Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir xil tovarlar va
transport vositalari muntazam ravishda olib o’tilsa, bojxona organi
muayyan davr mobaynida respublikaning bojxona chegarasi orqali
olib o’tiladigan barcha tovarlar va transport vositalariga bitta bojxona
deklarasiyasi berilishiga ruxsat etishi mumkin.
Davriy bojxona deklarasiyasini topshirish hollari va tartibi qonun
hujjatlarida belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: