106
uslubiyati tovarlarni ichki bozorga kiritishni tartibga solishda katta
ahamiyat va ta`sir kasb etdi, advalor shaklda qayd etilgan bojning
mutlaq pul ifodasi unga nisbatan hisoblab chiqariladi. Tegishli
uslubiyat ta`sirchan dastaklardan biriga aylandi, uning yordamida
davlatlar tovarlarga yo’l berishni qisqartirib, bojxona qiymatini
oshirish hisobiga ularning raqobatga bardoshliligini pasaytirmoqda.
Ko’p jihatdan mazkur imkoniyat Jahon savdo tashkiloti doirasida
Bojxona maqsadlarida tovarlarni baholash to’g’risida bitim qabul
qilinishi bilan cheklangan.
2.
Xos bojlar
belgilangan miqdorda boj undiriladigan tovarning
hajmi, og’irligi yoki birligidan hisoblab yoziladi, u rivojlanayotgan
mamlakatlarda eng ko’p qo’llaniladi. Advalor bojdan prinsipial farq
xalqaro bozorlarda narxlarning o’sishi chog’ida o’zgarishning
xususiyatida ko’rinadi - xos bojlar xalqaro konyunkturaga bevosita
bog’liq emas.
3.
Aralash (kombinasiyalashgan) bojlar
yuqorida tavsiflangan
ikki
tur - advalor va xos bojlarni birlashtiradi. Ayni vaqtda tovarning
bojxona qiymatidan va fizik o’lchov birligidan foiz ko’rinishida
hisoblab yozilgan boj undiriladi.
Bir qator hollarda milliy qonun hujjatlarida tarif kvotalari
nazarda tutilishi mumkin. Ular, agar importning umumiy hajmi
cheklash - kvotadan oshib ketmasa, stavkaning belgilangan
pasaytirilgach qiymatini qo’llash imkoniyatini beradi. Agar u oshib
ketsa, oshirilgan stavka qo’llaniladi. Imtiyozli boj stavkasi bo’yicha
tovarlarning muayyan miqdori importi uchun imtiyozli (preferensial)
rejimning taqdim etilishi tarif bilan kvotalashning bir variantidir
Dostları ilə paylaş: