107
9.2 Tashqi iqtisodiy faoliyatning xalqaro reglamentasiyasi
Tashqi iqtisodiy faoliyatni xalqaro miqyosda tartibga solish BMT
tizimidagi va unga kirmaydigan xalqaro tashkilotlar doirasidagi
shartnomalarda ko’rsatilgan, Bu 1947
yilda jahon savdosining boj-
tarif masalalarini tartibga solish uchun tuzilgan tarif va savdo
bo’yicha asosiy kelishuv - Savdo va tariflar bo’yicha bosh
assambleya (GATT)dir. Barcha mamlakatlarning xalqaro savdoni
erkinlashtirishga intilishi Savdo va tariflar bo’yicha bosh assambleya
doirasidagi kelishuvlarni ishlab chiqish va
qabul qilish tamoyillarida
aks etadi. Ular quyidagilardan iborat:
- kamsitmaslik, o’zaro eng qulay usullarni taqdim etish;
- milliy bozorlarni muhofaza qilishning ko’prok tarif
vositalaridan foydalanish;
- bojxona tariflarini uzluksiz
tarzda tushirib borish;
- savdo-siyosiy yon berishda hamkorlik qilish;
- mojarolarni kengash va muzokaralar yordamida echish.
TIFning bevosita qatnashchilari uchun tarifsiz cheklashlarni,
ya`ni chet el tovarlarining ichki bozorga kirishiga har xil to’siqlarni
tartibga solish bo’yicha Savdo va tariflar bo’yicha bosh
assambleyaning oxirgi ikki - Tokio va Urugvay raundlari muhim
ahamiyat kasb etadi. Savdo va tariflar bo’yicha
bosh assambleyaning
tasnifiga ko’ra, tarifdan tashqari cheklashlar ushbu guruhlarga
bo’linadi:
1. Davlatning tashki savdo tadbirlarida qatnashishi: eksport
tovarlarini subsidiya qilish, tovarlar sotib olishning davlat tizimi.
2. Importning bojxona va ma`muriy rasmiyatchiliklari;
dempingga
qarshi bojlar, bojxona qiymatini baholash usullari, tovarni
yetkazib berishda zarur bo’lgan hujjatlarga qo’yiladigan talablar.
108
3. Iste`molchilar xavfsizligi, sanitariya me`yorlari bilan bog’liq
o’lchov
va talablar, o’rash-qadoqlashga bo’lgan talablar.
Xozirgi paytda ekologiya xavfsizligini ta`minlash bilan bog’liq
chegaralashlar kuchaymokda. Bular:
- tarkibida xavfli moddalar belgilangan chegaradan ortiq
bo’lgan mahsulotlarni import qilishni taqiqlash;
- o’rab-joylangan va ishlatib bo’lingan materiallarni qayta
qabul qilish bo’yicha
majburiyatlar;
- ekologiya soliqlari va boshqalar.
4.Eksport va importni miqdoriy va valyutaviy jihatdan
cheklashlar.
Miqdoriy cheklashlar – to’g’ridan-to’g’ri import va eksportni
cheklashga qaratilgan to’siqlardir. Zamonaviy savdo-siyosiy
amaliyotida miqdoriy cheklashlarning ikki asosiy turi qo’llanadi.
Bular: kontinentlashtirish va lisenziyali tartibi.