Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

 
 
 
 
 
 
 


13
 
Umumiy o’rta ta’limning jismoniy tarbiya fanidan 
o’quv dasturi mazmuni. 
 
 Umumiy o’rta ta’limning barcha fanlari kabi jismoniy tarbiya fani ham davlat 
ta’lim standartlari va o’quv dasturi asosida o’qitiladi. O’quv dasturi o’quv jarayonini 
amalga oshirishning asosiy hujjatlaridan hisoblanadi. O’quv fan dasturi jismoniy tarbiya 
ta’limi mazmuni, uning o’quvchilar tomonidan o’zlashtirishning eng samarali usullari
ahborot manbalari va me’yorlari ko’rsatilgan me’yoriy hujjatlar hisoblanadi. Jismoniy 
tarbiya fanidan tuzilgan ushbu o’quv dasturi amalda qo’llanilib kelgan dasturlarga 
tanqidiy yondashilib, ularning eng yaxshi jihatlari, ilg’or maktab o’qituvchilarining va 
boshqa mutahasislarning ijobiy ish tajribalari e’tiborga olingan holda qayta ishlab 
chiqilgan. Maktabda haftasiga 2 soat o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darsi bola 
organizmiga to’laqonli jismoniy yuklama berish uchun yetarli emasligini hamda ilmiy 
tadqiqotlarga ko’ra o’quvchilarning kundalik harakatga bo’lgan fiziologik 45 daqiqali 
jismoniy tarbiya darsi faqatgina 11% ni hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasi 
Xalq ta’lim vazirligi 1-4 sinf o’quvchilari bilan qo’shimcha mashg’ulot darslarni 
o’tkazish uchun maktab ixtiyoridagi soatdan foydalanishga, haftasiga 3 soatgacha, 
agarda qayerda imkoniyat bo’lsa, 4-5 soatli jismoniy tarbiya soatlarini o’tishga ruhsat 
etildi. Respublikamizning urf-odati va milliy an’analariga ko’ra, yosh hususiyatlarini 
hisobga olgan holda, o’quvchilarning jinsiga qarab sinfni ikki guruhga bo’lish masalasi 
hal etildi. Qiz bolalar bilan (8-9 sinflarda) darsni ayol o’qituvchi olib borishni maqul 
deb topdi. Jismoniy tarbiya darslarini o’tkazishdan maqsad - bolalarning salomatligini 
saqlash, ularning jismonan yetuk bo’lib etishishlari uchun shart-sharoitlar yaratish va 
mashg’ulotlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish ko’nikmalarini shakillantirish. 
Qanday holatda bo’lmasin, barcha imkoniyatlardan foydalanib, jismoniy tarbiya 
darslarini muntazam tashkil etish, ularda o’quvchilarning faol qatnashishini ta’minlash, 
organizmiga foydali yuklamalar berish juda muhim. Shunday qilib, 1-sinfdan 4-
sinfgacha maktab dasturidagi bo’limlar bo’yicha o’quv yiliga tavsiya qilinadigan o’quv 
soatlar quyidagicha belgilangan (2010-yildagi dasturdan olindi). 
T/r Dastur bo’limlari 
1-sinf 
2-sinf 
3-sinf 
4-sinf 

Nazariy bilim asoslari 
Dars jarayonida 
2 Gimnastika 
16 16 16 14 
3 Yengil 
atletika 
14 16 16 18 

Harakatli va sport 
o’yinlari yelementlari 
38 36 36 12 


14
5 Sport 
o’yinlari 
(basketbol,voleybol, 
qo’l to’pi) 
- - - 12 

Futbol o’yini



12 
7 Kurash 
- - 
- - 
8 Suzish 
- - 
- - 

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin