16
6 Futbol
o’yini
12
3 -3
3 - 3
7
Kurash
-
8
Suzish
-
jami:
68
9 -9 6 - 8
6 -8 - 6
9 - 7
Yeslatma:Yuqorida tahminiy taqsimlangan maktabdagi sharoitga qarab soatlarni
taqsimlashingiz mumkin.
Mamlakatimizda futbolga bo’lgan e’tiborining natijasida umumiy o’rta ta’lim
jismoniy tarbiya dasturiga futbol uchun alohida soat ajratilishiga tavsiya berildi. Futbol
o’yini usullari va texnik elementlarini o’rgatishda bolalar bilan mashg’ulotlarni tashkil
qilish shakllari katta ahamiyatga ega. Birinchi bosqichda (4-sinf) o’quvchilari bilan
ishlashning asosiy metodi guruh bo’lib o’rgatishga qaratilgan. Futbol bo’yicha o’quv
darslarida qo’llaniladigan barcha mashqlarni shartli ravishda uch guruhga bo’lish
mumkin: maxsus-tayyorgarlik, umumiy tayyorgarlik, musoboqa. Uning yordamida
yoshlarni har tomomlama jismoniy rivojlantirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish
mumkin.
O’qituvchi 1-4 sinflarda jismoniy tarbiya darslarida shunday pedogogik
vazifani qo’yadiki, bu vazifa harakatli o’yinlar, gimnastik mashqlar
va yengil atlitikani
kompleks qo’llash asosida hal etiladi. Harakatli o’yinlari alohida ahamiyatga ega bo’lib,
ular o’quvchilarda asosiy harakat malakalarini shakllantiradi, o’sib keloyotgan yosh
avlodni shakllantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Harakatli o’yinlarida samarali
foydalanish va ularni tashkil qilish uchun yetarli mikdorda qo’llanmalar bo’lishi zarur.
Shulardan kelib chiqqan holda, o’qituvchilar oldida quydagi vazifalarni qo’yish
maqsadga muvofiqdir:
-harakatli o’yinlari va ulardan foydalanish metodikasiga doir o’zlarining bilim
darajalarini oshirish;
-uquvchilar bilan harakatli o’yinlarini o’tkazish va tashkil qilish uchun
maktabda zarur sharoitni yaratishga erishish;
-bolalarga harakatli o’yinlariga qizikishni uyg’otish va ularni mustakil
ravishda tashkil qilishni o’rgatish.
Dasturga “Suzish” bo’limi kiritilgan bo’lib, bu bo’limda
alohida soat
ajratilmagan, biroq maktabda suzishga sharoit bo’lsa, unga birinchi sinfdan boshlab
o’rgatiladi. Soat esa, dasturning asosiy turlari (harakatli o’yinlar, gimnastika, yengil
atletika, sport o’yinlari) hisobidan olib boriladi. Mashg’ulot haftasiga ikki marta
o’tkaziladi. Suzish darsiga borayotgan o’quvchilarda sovun, mochalka, sochiq, suzish
17
uchun maxsus kiyim (plavka, kupalnik) bo’lishi kerak. Dars jarayonida havfsizlik
qoidalarga qat’iy rioya etish talab etiladi.
Suzish turi bo’yicha o’tkaziladigan mashg’ulotga suzishni o’rgatish
metodikasini biladigan hamda suvda cho’kishdan saqlab qolish usullarini egallagan
mutaxassis jalb qilinadi. Mashg’ulot vaqtida vrach (yoki hamshira) bo’lmog’i,
shuningdek, o’quvchi favqulodda jarohatlangan taqdirda birinchi yordam ko’rsatish
uchun tibbiy aptechka talab etiladi.
Suzish bo’yicha birinchi darslarni quruklikda o’tkazib, shundan so’ng
suvga
tushirib, qirg’oqida topshiriq berib o’rgatiladi. Havzaning tozaligi, yechinish
xonalarining ozodaligi va gigenik talablarga javob berishi fakatgina o’qitvchi (trener)
va tibbiyot xodimlarining nazorat qilib turishlariga bog’liq. Suv havzasi muntazam
ravishda xlor aralashmasi va mis kuporasi bilan tozalanib, uning suvi bir-ikki haftada
almashtirilib turilishi zarur. Tibbiyot xodimlari sanepidstansiyasi xodimlari bilan
hamkorlikda suv xavzasiga infeksiya tushmasligi uchun belgilangan tartibda, muntazam
suvni tekshirib turishlari lozim. Maktab ma’muriyati esa bu masalada suv havzasi
xodimlariga har tamomlama yordam kursatib boradi.
O’quv dasturga 1-4 sinflar uchun milliy raqs elementlari kiritilgan. Bu
bo’limga har darsda sharoitga qarab ma’lum vaqt ajratilishi maqsadga muvafiqdir.
Masalan: 1-4 sinflarga quydagi raqs elementlari kiritilgan: “Vohay bola”,
“Chittigul”, “Andijon polkasi”, “Lazgi”, “Gulnoz”, “Shuh qizlar”, “Askariy”,
“Duloncha” va boshqalar. Dasturning ushbu bo’limini utkazish uchun o’qituvchi,
albatta tayyogarlik ko’rishi lozim musiqa kassetaga yozilgan bo’lishi, qizlardan
yordamchi(solist) tanlanishi mashg’ulot paytida o’quvchilar
vaqtida ragbatlantirilib,
tug’ri baholanishi zarur.
1-Sinf. O’quvchilar yakkama –yakka bittadan, juft-juft ikkitadan bo’lib qisqa
masofalarga yurish va yugurishlarini aniq bajarishga o’rgatish. Kalta arqonlar,
arg’amchilardan sakrashni baland bo’lmagan to’siqlardan “chuqurcha”ga sakrashni
aniq nishonga uloqtirishni o’rgatish.. Turli to’siqlardan gimnastik o’rindiqdan va
shuningdek devorlarga tirmashib chiqib, oshib o’tishga o’rgatish. Yurish-yugurish
sakrash va uloqtirish mashqlari mujassamlangan harakatli o’yinlarda ishtirok etish.
Suvda o’z-o’zini tuta bilishni o’rgatish. Milliy raqs harakatlarini o’rgatish va raqsga
tushish. Ertalabki oddiy gimnastik mashqlarini mustakil bajara olishga o’rgatish.
2-Sinf. 20-30 metr masofaga tug’ri yo’lakdan bir-biridan o’zib o’tib tez
yugurishni : sekin va bir maromda 100-150-200 metr masofaga yurish va yugurishni;
to’pni uzoq va aniq masofaga uloqtirishni; arg’amchida 30 taga
qadar sakrashni, joydan
yugurib kelib uzunlikka sakrashlarni; 25 metr masofaga suzishni ; “Andijon polkasi”,
“Lazgi”, “Yalla”musiqalariga raqs tushishni; jamoa xisobida harakatli o’yinlarda
qatnashishni bilish zarur. Mustaqil ravishda ertalabki gigiyenik gimnastikani
mashqlarini bajara bilishni o’rgatish lozim.
18
3-Sinf. Quydagilarni bajara olishni bilishi kerak. 30-40 metrga yugurish, asta
yugurish me’yorida tezlikda 200 masofali bo’limlarda (100-200 metr yurib-yugurib) 2-3
marta bajarish, sakrash chuqurchasini chetidan yugurib kelish depsinib uzunlikka
sakrash; tepalikdan (50-60 sm) sakrab tushishlar, to’pni uzoqka
va aniq nishonga
joydan turib uloqtirish; arg’amchida 60-80 marta sakrash; harakatli o’yinlarda sinf bilan
qatnashish, o’yin qoidalari asosini bilish; erkin holatda 25-50 metrga suvda so’zib
o’tish; milliy raqslarning asosiy harakatlarini bilish; “Gulnoz”, “Shuh qiz”, “Lazgi”,
“Yalla”, “Kari navo”, “Paxtaoy” va hakoza. Ertalabki gigenik gimnastikani bajarish.
4-Sinf. Jismoniy tarbiya darslarida o’z-o’zini muhofaza qilish qoidalarini
bilish binobarida quydagilarni bajarishi lozim.
Tug’ri yo’lakdan chaqqon yugurishni, guruh bilan birga 60 metrli masofaga
yugurishni sekin-asta yugurib 200 metrli masofani 3-4 marta (dam olib) me’yorli
tezlikda yugurishni uzunlikka va balandlikka yugurib kelib sakrashni to’pni uzoq
masofaga aniq nishonga 3-4 qadam tashlab uloqtirishni mokisimon yugurishda berilgan
topshiriqni bajarishni to’pni ilib olib uloqtirishni to’p bilan
harakatlanishni futbol va
sport o’yinlari elementlarini soddalashgan elementlarini almashtirib bajarishni
harakatli o’yinlarni jamoa ishtirokida ona boshi yoki sardor sifatida bajarishni ertalabki
majmuali gimnastikani bajarishni.
Dostları ilə paylaş: