10
Ko’nikmalar:
- qomatni rostlaydigan ertalabki badantarbiya mashqlari majmuasini bajarish,
to’ldirma to’plar bilan (1,5-2 kg) mashq bajarish;
- qiya joylashtirilgan gimnastika o’rindig’i ustidan qo’llarga
tortilib tirmashib
chiqishni bajarish;
- gimnastik narvonda orqa bilan qo’llarga osilib 30 soniya mobaynida turish, shu
holatda tizzalarni yuqoriga ko’tarib tushirishlarni bajarish;
- signal bo’yicha to’xtash
bilan yurish, tizzani baland ko’tarib sekin yugurish,
yuqori startdan yugurish usullarini bajarish;
- turgan joyidan to’pni uloqtirish (nishonga va uzoqqa) mashqlarini bajarish;
- basketbol o’yinida turish, siljish,
harakatlanish, ikki qo’l bilan to’pni ko’krakdan
sherigiga uzatish, joyida turib to’pni o’ng va chap qo’llarga polga (yerga) urib turish
mashq usullarini bajarish;
- harakatli o’yinlarda, yugurish, sakrash va turli to’siqlardan o’tishda
turli
estafetalar o’tkazilishida shikaslanishning oldini olish qoidalariga amal etib bajarish;
- fudbolchilarning harakatlanishini (yugurish, sakrash, juftlama va chalishtirma
qadam tashlab yugurish) bajarish;
- fudbolchilarning o’yinda o’zini tutishi va xavfsizlik
qoidalariga rioya etish,
darvozobon harakatlanishi bajarish.
Dostları ilə paylaş: