Microsoft Word boshlangich sinflar jismoniy tarbiyasi


Tirmashib chiqish va oshib o’tish mashqlari



Yüklə 364,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/84
tarix01.04.2023
ölçüsü364,08 Kb.
#92325
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84
Ahmedov F. Q atamurodov Sh. O’ Avalboyev Z. A abdulaxatov A. R

Tirmashib chiqish va oshib o’tish mashqlari: 
Qiya joylashtirilgan gimnastika o’rindig’i ustidan qo’llarda tortilib tirmashib 
chiqishda qo’l kuchini rivojlantirish, arqonga 3 usulda tirmashib chiqishni o’rgatish. 
Gimnastik narvonga orqa bilan qo’llarda osilib 30 soniya mobaynida turish. Qo’llarda 
osilib, tizzalarni yuqoriga ko’tarish. Baland turnikda tortilish (o’g’il bolalar), 
gimnastika o’rindigida tayanib, qo’llarni bukish va yozish (qiz bolalar). 
Muvozanatni saklash mashqlari: 
1 metr balandlikdagi yakka cho’p ustida yoki gimnastik o’rindiq ustida oyoq 
uchida yurish, yonboshlab qadam tashlab yurish, 180° cho’qqayib o’tirish, sakrab 
tushish. Yurib, o’rindiq o’rtasida “qaldirg’och.” xosil qilish. 
Tayanib sakrash mashqlari
O’g’il bolalar - balandligi 90 smli «xari» ustiga sakrab chiqish va yuqoriga kerilib 
yumshoq sakrab tushish; oyoqlarni yozib sakrash. «Kozyol» (eshak) ustiga tayanib, 
sakrab chiqish va yumshoq kerilib tushish. 


28
Qiz bolalar - balandligi 80-90 smli «ot» ga qo’llarga tayanib chiqish va yuqoridan 
kerilib yumshoq sakrab tushish. 
Sport zalida 5 to’siqdan iborat to’siqlardan o’tish mashqlari
Uzunasiga qo’yilgan gimnastik to’shagda 2 marta oldinga o’mbaloq oshish. 
60 sm balandlikdagi eniga turgan “xari” ustiga tizzalar bilan chiqib, gimnastik to’shag 
ustiga sakrab tushish. 
60-70 sm balandlikdagi yakka cho’p ustiga chiqib, qo’llarni yonga uzatib, oxiriga 
borish va to’shag ustiga sakrab tushish. 
3 ta gimnastik to’shagni uzunasiga qo’yib, 35-40 sm balandlikda xar bir to’shagni 
urtasidan ikki yon tomonga arqoncha (rezinka) bilan tortib qo’yish va rezinkalarga 
tegmasdan emaklab o’tish. 
5-7 metr oralikda kichik to’pni belgilangan doyra shaklidagi nuktaga uloqtirish (bu 
mashqni eni 80 smli va uzunasi 2 metrli chuqur ichidagi gimnastik to’shagka sakrab 
tushish bilan almashtirish mumkin). 

Yüklə 364,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin