40
jismoniy tarbiya va sportning xar turini vositalaridan foydalanish yo’li bilan o’quv
dasturi asosini tuzish. Bu shu’balarga asosan boshlang’ich, o’rta sinf o’quvchilari jalb
qilinadi. Ayniqsa tayyorgarlik va tibbiy gruzlarga ajratilgan o’quvchilar taklif qilinadi.
Mashg’ulotlar xaftasiga ikki marta 45- 60 daqiqadan o’tkaziladi. Umumiy raxbarlikni
jismoniy tarbiya o’qituvchisi amalga oshiradi. Bunday mashg’ulotlarni o’tkazish
uchun
jamoatchi sport instruktorlari, yukori sinf faollari, bolalar va o’smirlar sport
maktablarining o’quvchi sportchilari jalb qilinadilar.
Sport sho’balari - sportning u yoki bu turi bilan shug’ullanuvchi o’quvchilar
uchun tashkil qilinadi. Sport sho’balarini tashkil qilish uchun eng avvalo sharoit
xisobga olinadi. Umumiy raxbarlik esa jismoniy tarbiya o’qituvchisiga yuklatiladi.
Sunga o’xshash mashg’ulotlarni utish uchun jamoatchi ustoz murabbiy (trener),
jamoatchi yo’riqchi, maktabning eng yaxshi sportchilari, bolalar va o’smirlar sport
maktabining yaxshi sportchi o’quvchilari taklif qilinadi. Ba’zan xaq to’lash yo’li
bilan
sport turlariga ustoz murabbiy (trener) taklif qilinadi. Mashg’ulotlari xaftada 2-3 marta
o’tkaziladigan sho’balarga qatnashadigan o’quvchilar oldin, albatta, tibbiy ko’rikdan
o’tishlari shart (tibbiy nazorat maktabda yoki poliklinikada o’tkaziladi).
Dostları ilə paylaş: